Markaziy bankning naqd pul muomalasi bo‘yicha tahlilidan ma’lum bo‘lishicha, 2024-yil yakuniga ko‘ra, jami pul massasidagi naqd pul ulushi yanada kamaygan.

1-yanvar holatiga jami pul massasi (M2, muomaladagi naqd pul va naqdsiz mablag‘larni o‘z ichiga oladi) yil davomida 30,6% ga o‘sgan holda 277 trillion so‘mni tashkil etdi. Naqd pul hajmi (M0) yil davomida 15,2% ga — 46 trilliondan 53 trillion so‘mgacha o‘sdi.

markaziy bank, naqd pul, pul muomalasi

Muomaladagi naqd pul ulushi 2,3 foiz punktiga — 21,5% dan 19,2% ga (2022-yilda 22,3% bo‘lgandi) kamaydi. Taqqoslash uchun: Rossiyada bu ko‘rsatkich 15% atrofida.

O‘tgan yil davomida banklarga jami naqd pul tushumlari hajmi 840 trillion so‘mni tashkil etdi va bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26% ga ko‘p bo‘ldi. Naqd pul tushumlarining ulushi 62% dan 60% gacha kamaydi, terminallar orqali esa 38% dan 40% gacha oshdi.

Banklarning naqd pul aylanmasi hajmi 1 kvadrillion so‘mdan o‘sdi (1011 trillion so‘m). Naqd pul tushumi 501 trillion so‘mga, berilgan naqd pullar 510 trillion so‘mga yetdi. Naqd pulning bank kassalariga berilishi va qabul qilinishi o‘rtasidagi farq MB tomonidan qoplanib, qo‘shimcha ravishda 10,3 trillion so‘m naqd pul muomalaga kiritildi.

markaziy bank, naqd pul, pul muomalasi

Ushbu davrda bank kartalariga 1034 trln so‘m (+31%) o‘tkazildi. Shundan 226 trln so‘mi (+19,6%), jumladan, bankomatlar orqali (ulushi — 83,6%) naqd pul o‘tkazildi. Umuman olganda, kartadan naqd pul yechib olish ulushi 23,3% dan 21,8% gacha (2022-yilda — 26,9%) kamaydi, ya’ni kartadagi pul kamroq naqdlashmoqda.

Bank kassalaridan naqd xorijiy valyutani sotib olish uchun qilingan naqd pul xarajatlarining ulushi 22% dan 24% gacha — 91,7 trilliondan 122,4 trillion so‘mgacha (bir yilda +33,4%) o‘sdi.

markaziy bank, naqd pul, pul muomalasi

Aprel oxirida O‘zbekiston hukumati naqd puldan foydalanishni kamaytirish maqsadida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash choralarini ishlab chiqayotgani ma’lum bo‘lgandi. Ko‘chmas mulk va avtomobil oldi-sotdisi, budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va boshqalar naqdsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin.