2024-yilning dekabr oyida O‘zbekistonda aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi avvalgi oyga nisbatan (noyabr — 14,1 foiz) tezlashib, 14,7 foizni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Bu 2023-yilning fevral oyidan (14,9 foiz) eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Eslatib o‘tamiz, dekabr oyida mamlakatda yillik rasmiy inflyatsiya darajasi 9,8 foizni tashkil etgandi.

Infografika: Markaziy bankInfografika: Markaziy bank

Hududlar kesimida sezilgan inflyatsiyaning eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida (18,3) foiz qayd etildi, eng past ko‘rsatkich esa Xorazm viloyatida (12,8 foiz) kuzatildi.

benzin, go‘sht, yoqilg‘i, марказий bank, sezilgan inflyatsiya, tabiiy gaz, elektr energiyasi

O‘tgan oy davomida respondentlar eng ko‘p go‘sht va sut, benzin va yoqilg‘i, elektr energiyasi va tabiiy gaz narxida yuqori o‘sishni sezgan. Shuningdek, tuxum narxida (noyabrda buni so‘rovnoma ishtirokchilarining 15 foizi qayd etgan bo‘lsa, dekabrda 29 foizi belgilagan) va yo‘lkira va tashish xizmatlari narxida (noyabrda 19, dekabrda 27 foiz) o‘sish kuzatilganini ta’kidlagan so‘rovnoma ishtirokchilari ulushi sezilarli ko‘paygan.

benzin, go‘sht, yoqilg‘i, марказий bank, sezilgan inflyatsiya, tabiiy gaz, elektr energiyasi

Daromadi 2 mln so‘mgacha bo‘lgan va 7 mln so‘mdan ko‘p bo‘lgan aholining sezilgan inflyatsiya darajasi nisbatan yuqori shakllandi.

benzin, go‘sht, yoqilg‘i, марказий bank, sezilgan inflyatsiya, tabiiy gaz, elektr energiyasi

Aholi orasida yuqori sezilgan inflyatsiya darajasini ishlab chiqarish sohasi vakillari qayd etgan bo‘lsa, nisbatan past sezilgan inflyatsiya darajasi maishiy xizmat sohasi vakillari tomonidan qayd etilgan.

benzin, go‘sht, yoqilg‘i, марказий bank, sezilgan inflyatsiya, tabiiy gaz, elektr energiyasi

Ma’lumot o‘rnida, inflyatsiyaning rasmiy e’lon qilinadigan darajasi aksariyat uy xo‘jaliklarining talablari asosida shakllantiriladigan bo‘lib, o‘zida INI (iste’mol savati)dagi barcha tovar va xizmatlarning umumiy narx darajasining o‘zgarishini aks ettiradi. Shaxsiy (sezilgan) inflyatsiya bir shaxs yoki oilaning kundalik hayotida iste’mol qilinadigan tovar va xizmatlar narxlarining o‘zgarishi asosida shakllanadi.

Agar muntazam ravishda sotib oladigan tovarning narxi oshib ketsa, uning narxi kundalik hayotda kamdan-kam sotib oladigan tovarning narxidan ko‘ra ko‘proq o‘sgandek tuyuladi. Muntazam ravishda sotib olinadigan tovar uchun to‘lov budjetning kichik bir qismi bo‘lishiga qaramay (ushbu tovar juda qimmat bo‘lmasa ham), baribir u insonda narxlar sezilarli darajada oshgandek taassurot uyg‘otadi.