O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari prezidentlarining Abu-Dabidagi muzokaralari yakunida Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi.
Bundan tashqari,
- Moliyaviy-texnik hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
- Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- investitsiyalar, sanoat va ilg‘or texnologiyalar, adliya, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi, foydali qazilmalar sohalarida hamkorlik qilish to‘g‘risida idoralararo bitimlar;
- Madaniyat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- Diplomatik akademiyalar o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim va boshqalar imzolandi.
Bundan avval, ikki prezident 2025−2027-yillarni O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning yangi davri deb e’lon qilgandi. Bunda 2030-yilga qadar o‘zaro savdo hajmini 10 barobarga ko‘paytirish asosiy vazifa etib belgilandi.