Samarqand shahrida 14 yoshli qiz o‘zini 8-qavatdan pastga tashlab joniga qasd qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov.

Qayd etilishicha, holat 13-yanvar kuni soat 17:30 atrofida shaharning Bahor mahallasida sodir bo‘lgan. 29-maktabning 8-sinf o‘quvchisi M.R. ko‘p qavatli turar joy binosining 8-qavat yo‘lak derazasidan o‘zini tashlagan.

Holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Holatga aniqlik kiritish maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi hamda mas’ul idoralarga xizmat tekshiruvi tayinlangan, deyiladi xabarda.