Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY9607 reysi 15-yanvar kuni Rossiya aeroportiga yaqinlashayotganda dvigatellardan biri ishlamay qoldi. Bu haqda aviatashuvchi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Buxoro — Moskva (Vnukovo) yo‘nalishida uchayotgan Airbus A320 samolyoti ekipaji tezkorlik bilan zarur harakatlarni amalga oshirdi va Vnukovo aeroportiga qo‘nishni davom ettirishga qaror qildi. Qo‘nish muvaffaqiyatli amalga oshirildi, bortda 132 yo‘lovchi bo‘lgan, deya ta’kidlanadi xabarda.
Uzbekistan Airways texnik xizmatlari havo kemasida ta’mirlash ishlarini olib bormoqda. Jadvalga muvofiq keyingi reyslarni bajarish uchun Moskvadan Vnukovoga allaqachon zaxira havo kemasi jo‘natilgan.
Aviakompaniya yuzaga kelgan noqulayliklar va ushbu samolyotda oldindan rejalashtirilgan parvozlarning kechikishi uchun uzr so‘radi.