Bahodir Abdusalomovich Begalov Prezident huzuridagi Statistika agentligi direktori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Gazeta.uz"ga hukumatdagi manbasi ma’lum qildi.

56 yoshli Begalov 2017-yil mayidan buyon Davlat statistika qo‘mitasi raisi, 2022-yilning dekabridan esa qayta tashkil etilgan Statistika agentligi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

2012−2016-yillarda Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan, so‘ngra Toshkent moliya instituti rektori etib tayinlangan.