Siyosat
“O‘tmish sarqiti”. AQSh davlat kotibligiga nomzod — O‘zbekiston va MOning boshqa davlatlariga qarshi “Jekson-Venik” tuzatishi haqida
AQSh davlat kotibi lavozimiga nomzod Marko Rubio Jekson-Venikning Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, O‘zbekistonga kiritgan tuzatishini “o‘tmish sarqiti” deb atadi. Senatorning tuzatishlarni bekor qilish haqidagi savoliga javoban u ham buni muhim deb hisoblashini ta’kidladi.
Bekzod Toshpo‘latov Zarbdor tumani hokimi etib tayinlandi
Jizzax viloyat Soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Bekzod Toshpo‘latov Zarbdor tumani hokimi vazifasiga tayinlandi.
Iqtisodiyot
Naqd pulsiz to‘lovga o‘tilgandan so‘ng Toshkent jamoat transportini qanday o‘zgarishlar kutmoqda?
Toshkent avtobuslarida naqd pulsiz to‘lov tizimiga o‘tish yo‘lovchilarning haqiqiy sonini ko‘rish imkonini beradi. Olingan ma’lumotlar asosida poytaxt yo‘nalishlarni optimallashtirish va tariflarni joriy etish mumkin bo‘ladi, deya ta’kidladi TSHTX va Transport boshqarmasi mas’ullari.
Markaziy bank 100 grammlik oltin quymalarni sotuvga chiqaradi
O‘zbekiston Markaziy banki tijorat banklari orqali og‘irligi 100 gramm bo‘lgan oltin quymalar ham sotuvga chiqarilishini ma’lum qildi. Bungacha xaridorlarga 5, 10, 20, 50 grammlik quymalar taklif etilayotgandi. Regulyator bu aholining investitsiya va jamg‘arish imkoniyatlarini yanada oshirishini kutmoqda.
Binance O‘zbekistonda ishlashga ruxsat oldi
Binance kriptobirjasi O‘zbekistonda faoliyat yuritish uchun Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan kelishuvga erishdi. Kriptobirja mamlakatda o‘z faoliyatini CoinPay kompaniyasi orqali amalga oshiradi. Endi foydalanuvchilar mablag‘larni milliy valyutada kiritish hamda chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Ankhor Invest Toshkent metallurgiya zavodining hammuassisiga aylandi
Ankhor Invest Toshkent metallurgiya zavodi aksiyalarining nazorat paketi egasiga aylandi. 2025-yil oxirigacha 2023-yilda kiprlik ta’sischilarning “harakatsizligi” tufayli bankrotlik xavfi ostida qolgan TMZdagi davlat ulushini sotish rejalashtirilmoqda.
2025-yil ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirishda hal qiluvchi yil bo‘ladi — Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti 2025-yil ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirishda hal qiluvchi yil bo‘lishini ta’kidladi. Bu uchun 1,5 mln aholi doimiy ishga joylashtirilib, 2 milliondan ziyod odam biznesga jalb qilinadi. 60 ta tuman va shahar kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantiriladi.
Moliya institutlari bilan ishlash uchun O‘zbekiston bosh vaziri boshchiligida favqulodda shtab tashkil etiladi
Prezident xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari hisobidan investitsiyalarni o‘zlashtirishdagi byurokratiyani tanqid qildi. Ushbu muammoni hal qilish uchun O‘zbekistonda XMI bilan ishlash uchun bosh vazir boshchiligida favqulodda shtab tashkil etish belgilandi.
Qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari bozorida bitimlarni amalga oshirish tartibi tasdiqlandi
ILMA direktori buyrug‘i bilan qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari bozorida bitimlarni amalga oshirish tartibi tasdiqlandi. Birjadan tashqari uyushgan bozorda qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlarni tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish elektron shaklda amalga oshiriladi.
2024-yilda YTTB O‘zbekiston iqtisodiyotiga rekord darajadagi 938 million yevro sarmoya kiritdi
2024-yilda O‘zbekiston yana YTTBning Markaziy Osiyoda moliyalashtirish bo‘yicha yetakchi davlatiga aylandi; bank yil davomida mamlakat iqtisodiyotiga 938 mln yevro sarmoya kiritdi. Mablag‘larning yarmidan ko‘pi yashil iqtisodiyot loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi.
Jamiyat
Toshkentda 4 nafar egizak tug‘ildi
Toshkentda ayol 4 nafar egizak (2 o‘g‘il, 2 qiz) farzandli bo‘ldi. Ularga Muhammad, Mustafo, Sumaya va Safiya ismlari qo‘yildi.
Ijtimoiy karta nima va u kimlarga beriladi?
Ijtimoiy karta 2024-yilning dekabr oyidan boshlab yangi tayinlangan 9 turdagi ijtimoiy to‘lovlar oluvchi shaxslarga taqdim etilmoqda. Hozirda u tajriba sifatida Toshkent shahri va Yangiyo‘l tumanida joriy etildi. Ijtimoiy himoya agentligi karta nima maqsadda va kimlarga berilishi haqida ma’lumot berdi.
Dam olish kunlari yomg‘ir va qor yog‘adi
Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi. Harorat kechasi 0…+5, kunduzi +2…+7 daraja bo‘ladi.
Turkiyada qalbaki alkogoldan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 14 taga yetdi
Turkiyada qalbaki spirtli ichimlik iste’moli oqibatida yana 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Shunday qilib, vafot etganlar soni 14 tani tashkil etmoqda. Shuningdek, Istanbuldagi shifoxonalarda 3 o‘zbekistonlik jonlantirish bo‘limida yotibdi.
Nega metro kassalari va pochta bo‘limlarida ATTO kartalari topilmayapti?
Toshkentda avtobuslarda naqd pul qabul qilish bekor bo‘lganidan so‘ng jamoat transporti yo‘lovchilari transport kartalari taqchilligiga duch keldi. ATTO kompaniyasi kartalarni chayqovchilar ommaviy ravishda sotib olayotganini tushuntirdi. Ularga qarshi kurashish uchun endi bir kishiga ikkitadan ortiq karta berilmaydi.
O‘zbekistonda insofsiz ijrochilar reyestri shakllantiriladi
Adliya vazirligida insofsiz ijrochilar reyestrini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ro‘yxatdan o‘tkazildi. Hujjat reyestrni shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi. Insofsiz ijrochi reyestrga kiritilganidan 2 yil o‘tgandan so‘ng avtomatik tarzda reyestrdan chiqariladi.
Toshkentda hokim yordamchisi 30 ming dollar olgan vaqtida ushlandi
Uchtepa tumanining avval ham uch marta sudlangan hokim yordamchisi 30 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. U tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga tanishlari orqali yer maydoni olib berishni va’da qilgan.
O‘quv muassasalari oshxonalari elektron auksion orqali ijaraga beriladi
Hukumat qarori bilan o‘quv muassasalari oshxonalari E-auksion orqali ijaraga berilishi belgilanmoqda. Ijarachilar talablarga javob berishini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalarini ilova qiladi. Tanlovda g‘olib deb e’tirof etilgan ijaraga oluvchi bilan ijara shartnomasi shu davrdagi o‘quv yili uchun tuziladi.
O‘zbekistonda taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun jarima belgilandi
O‘️zbekistonda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlaganlar 18 mln 750 ming so‘mgacha jarimaga tortiladi. Qolaversa, aholi punktlarida egasiz hayvonlarni tuttirish choralarini ko‘rmagan mansabdorlarga 1 mln 875 ming so‘mdan 11 mln 250 ming so‘mgacha jarima qo‘llanadi.
YHXX senator so‘rovidan so‘ng Surxondaryodagi 14 ta avtomaktabga litsenziya berilganini ma’lum qildi
Avvalroq yangi talablar sabab Surxondaryodagi avtomaktablarga litsenziya berilmayotgani yuzasidan YHXXga senator so‘rovi yuborilgandi. Mas’ul idora so‘rovga javoban hozirda viloyatdagi 14 ta avtomaktabga litsenziya berilganini ma’lum qildi. Imtihon markazi esa qurilish yakunlangandan so‘ng ishga tushishi aytilgan.
O‘zbekistonga 2024-yilda xorijdan 483 nafar migrantning jasadi olib kelindi
2024-yilda 483 nafar o‘zbekistonlik migrantning jasadi Vatanga qaytarildi. Shundan 474 nafari Rossiyadan, 5 nafari Turkiyadan, qolgani Janubiy Koreya va Qozog‘istondan olib kelingan. Migratsiya agentligidan ma’lum qilishlaricha, jasadlarni olib kelish xarajatlari davlat budjeti hisobidan qoplangan.
Sport
Abduqodir Husanov bilan eksklyuziv intervyu — dadasi, “Bunyodkor"dan ketishi, Belarusdagi qiyinchiliklar va maqsadi haqida
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov “Manchester Siti"ga o‘tmoqda. Ta’kidlanishicha, Angliya klubi futbolchini 40 mln yevroga sotib olyapti. “Gazeta.uz” 2024-yil yozida Abduqodir Husanovdan intervyu olgandi. Intervyudan bir parcha e’tiboringizga havola qilinadi.
O‘zbekistonning futbol bo‘yicha ayollar terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Kotrina Kulbite O‘zbekistonning futbol bo‘yicha ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi. Litvalik mutaxassis UEFA murabbiylarni o‘qitish bo‘yicha instruktori hisoblanadi. O‘FA murabbiy bilan ayollar Osiyo kubogida munosib ishtirok etish kabi masalalarni muhokama qildi.
Jahon
“Salimboy” Qirg‘iziston janubini to‘liq nazoratga olgandi — Qamchibek Tashiyev
“Salimboyvachcha” nomi bilan tanilgan o‘zbekistonlik Salim Abduvaliyev Qirg‘iziston janubini to‘liq nazorat qilgan, dedi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchilar, biznesmenlar, hatto siyosiy arboblar va deputatlar ham “Salimboy"ning huzuriga borgan.
Isroil hukumati HAMAS bilan kelishuv imzolanganini tasdiqladi
Isroil bosh vaziri ofisi Isroil va HAMASning muzokara guruhlari kelishuv imzolaganini rasman tasdiqladi. Endi uni Isroil hukumati tasdiqlashi kerak. Bitimning kuchga kirishi 19-yanvardan 20-yanvarga qoldiriladi.
Rossiya va Eron strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi
Eron va va Rossiya prezidentlari Moskvada keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. 47 moddadan iborat hujjat mudofaa, terrorizmga qarshi kurash, energetika, moliya kabi sohalarni o‘z ichiga oladi. Shartnoma harbiy ittifoq tuzish maqsadini ko‘zlamasligi ta’kidlandi.
Xitoy aholisi ketma-ket uchinchi yil kamaymoqda
Xitoyda rasmiylar oilalarni ko‘proq farzandli bo‘lishga undashga urinayotganiga qaramay, aholi ketma-ket uchinchi yil kamaydi. Mutaxassislar ishchi va iste’molchilar soni qisqarib borayotgani sababli dunyoning ikkinchi eng yirik iqtisodiyoti qiyinchilikka duch kelishidan qo‘rqmoqda.
Qozog‘istonda benzin va dizel narxlarini tartibga solish bekor qilinishi mumkin
Qozog‘iston Energetika vazirligi qo‘shni davlatlar bilan narxlardagi tafovutni bartaraf etish va “kulrang” eksport xavfini minimallashtirish maqsadida benzin va dizel narxlarini bosqichma-bosqich erkinlashtirish rejalarini e’lon qildi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!