Toshkent pediatriya tibbiyot institutida ayol 4 nafar chaqaloqni dunyoga keltirdi. Bu haqda Milliy telekanalining Millar dasturida xabar berildi.

Bolalar ikki o‘g‘il va ikki qiz bo‘lib, ularga Muhammad, Mustafo, Sumaya va Safiya ismlari qo‘yilgan. Hozirda ular sog‘lom.

“3 oyligida shifokorga borib ko‘ringanida bu xabarni eshitib, juda xursand bo‘lgandik”, — dedi bolalarning otasi.

Yosh oila asli surxondaryolik, chaqaloqlar shifokor nazoratida bo‘lishi uchun tug‘ilishidan 2 oy avval Toshkentga kelgan. Ularning egizaklardan tashqari 2 yoshli qiz farzandi ham bor.