Polkovnik Abdurazzoq Abdumutalipovich Abduxoliqov FVV Maxsus vazifalar bo‘yicha respublika qutqaruv markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Mutaxassis 2020-yildan hozirga qadar Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbari lavozimida ishlab kelayotgandi. U 2018-yilda Toshkent viloyati ishki ichlar boshqarmasi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasini ham boshqargan.

Ayni vaqtga qadar Respublika qutqaruv markazi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan Ismoil Sharipov esa “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Navoiyuran” DK obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markaziga boshliq etib tayinlandi.

Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Shukrullo Ayubov Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.