19-yanvar kuni taniqli rejissyor Zulfiqor Musoqov 67 yoshga to‘ladi. Uning “Abdullajon”, “Kichkina tabib”, “Osmondagi bolalar”, “Vatan”, “Novda” hamda boshqa shu kabi filmlari allaqachon o‘zbek kinosining oltin fondidan va tomoshabinlar ko‘nglidan o‘rin olib ulgurgan. Buni Musoqov filmlaridan olingan iqtiboslarning xalq orasida “qanotli ibora” misol ishlatilishidan ham bilish mumkin.
Kinoarbobning tavallud kuni munosabati bilan “Gazeta.uz” test savollari tayyorladi. Xotirangizni ishga soling, film lavhalarini ko‘z oldingizga keltiring — balki sizning ham ketmoningiz uchar?
Fursatdan foydalanib, “Gazeta.uz” tayyorlagan boshqa testlarni ham yechib ko‘rishni tavsiya qilamiz. Ularning ro‘yxati bilan quyida yoki “kviz” heshtegi orqali tanishish mumkin.