Bundan roppa-rosa 150 yil muqaddam — 1875-yilning 19-yanvar kuni Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘idagi muftiylar oilasida Mahmudxo‘ja Behbudiy dunyoga kelgan edi. U Turkistonda birinchilardan bo‘lib yangi usul maktablarini ochgan, o‘zbek tilidagi ilk jurnal — “Oyina"ning noshiriga aylangan, “Padarkush” pesasi bilan o‘zbek dramaturgiyasiga asos solgan.

Sana munosabat bilan “Gazeta.uz” chin ma’noda Turkiston jadidlari yetakchisi hisoblangan Mahmudxo‘ja Behbudiyga bag‘ishlangan test tayyorladi.


Fursatdan foydalanib, “Gazeta.uz” tayyorlagan boshqa testlarni ham yechib ko‘rishni tavsiya qilamiz. Ularning ro‘yxati bilan quyida yoki “kviz” heshtegi orqali tanishish mumkin.