Odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan O‘g‘ilxon Saliyeva Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi, deya xabar bermoqda Istanbuldagi bosh konsulxona.
34 yoshli ayol chet elda qonunga xilof ravishda o‘zbekistonliklarning hujjatlarini olib qo‘ygan va shahvoniy maqsadlarda sotib yuborgan.
“Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsulxonaga yoki O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘raladi”, — deyiladi xabarda.