Prezident farmoni bilan Marat Jurayev kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.
Marat Jurayev ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Prezident administratsiyasining bank sektori, moliya bozori va moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘limi mudiri lavozimida ishlab kelayotgandi.