Iqtisodiyot

dayjest

Oliy ta’lim kengashi xususiy oliygohlarga baribir 4 foizli “soliq solmoqchi”

Oliy ta’lim kengashi xususiy oliygohlarning kontraktdan tushadigan pullariga 4 foizli “soliq solish” fikridan qaytmadi. Avvalroq deputat Dilmurod Artiqov bu to‘lovning qaysi asos bilan joriy etilayotganini so‘rab, bosh prokurorga so‘rov yuborgan, tashabbus esa ijtimoiy tarmoqlarda tanqidga uchragandi.


dayjest

Qozog‘iston O‘zbekistonga eksport oshgani va yuqori talab fonida kartoshka eksportini chekladi

Qozog‘iston hukumati kartoshka eksportini olti oyga chekladi. Qaror bu mahsulotning, xususan, O‘zbekistonga eksport hajmi oshishi va narxi keskin ko‘tarilishi fonida qabul qilindi. 11 oy ichida O‘zbekiston import qilgan kartoshkaning deyarli 75 foizi Qozog‘istondan olib kelingan.


dayjest

2024-yilda aholi banklarga 16,1 mlrd dollar miqdorida valyuta sotib, 9,4 mlrd dollar miqdorida sotib oldi

2024-yilda jismoniy shaxslar banklarga 16,1 mlrd dollar miqdoridagi (2023-yilga nisbatan 31 foizga ko‘p) chet el valyutasini sotdi. Shuningdek, yil davomida aholi 9,4 mlrd dollar miqdorida valyuta sotib oldi (+3 foiz). Mamlakat bo‘ylab valyuta ayirboshlash shoxobchalari soni yil davomida 20 foizga ko‘paydi.


dayjest

Malayziyaning Five Petroleum kompaniyasi O‘zbekistonda avtozapravkalar tarmog‘ini qurishi mumkin

Malayziyaning Five Petroleum kompaniyasi O‘zbekistonda yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini yaratishni ko‘rib chiqmoqda. Kompaniya, shuningdek, hududlarida transport-logistika infratuzilmasini qurish masalasini ham o‘rganmoqda.


dayjest

2024-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 30 foizga ko‘payib, 14,8 mlrd dollarni tashkil qildi

2024-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 2023-yilga nisbatan 3,4 mlrd dollar (30 foiz)ga ko‘payib, 14,8 mlrd dollarni tashkil qildi. Mablag‘larning 77 foizi Rossiyadan kelib tushdi. Buyuk Britaniyadan o‘tkazmalar 83 foizga, Janubiy Koreyadan 56 foizga, AQShdan 35 foizga hamda YeIdan 32 foizga oshdi.


Jamiyat

dayjest

O‘zbekistonda 20−26-yanvar kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekistonda joriy ish haftasi beqaror bo‘ladi. Avvaliga nam, lekin iliq, keyin yomg‘irning qorga aylanishi, payshanba-juma kunlariga kelib haroratining keskin pasayishi kutiladi (ammo butun mamlakat bir xilda sovib ketmaydi). Dam olish kunlari esa quruq keladi va haroratning tez ko‘tarilishi ro‘y beradi.


dayjest

Toshkentdagi shifoxonada chaqaloqning qo‘li kesildi. SSV holatga izoh berdi

Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasida chaqaloqqa “chap tomonlama yelka arteriyasi tromboemboliyasi, chap qo‘l va panjasida qon aylanishining 3-a darajali o‘tkir buzilishi, poliorgan yetishmovchiligi” tashxisi qo‘yilib, uning qo‘li kesildi. SSV xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.


dayjest

Navoiyda YPX inspektori 16 yoshli bola boshqaruvidagi mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

Navoiy shahrida yo‘l harakati qoidalarini buzib harakatlangan Kia Sonet avtomobilining 16 yoshli haydovchisi to‘xtash ishorasiga amal qilmay, YPX inspektorini urib yubordi. Bola voqea joyidan qochib ketgan, inspektor esa o‘sha yerda halok bo‘lgan.


dayjest

Chorshanbadan havo sovib, yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

Nisbatan iliq dushanbadan keyin seshanba kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi. Shimolda payshanba va juma kuniga o‘tar kechasi harorat −8…−13 darajagacha pasayadi. Jumadan boshlab harorat yana ko‘tariladi.


dayjest

Germaniyaga o‘zbekistonlik haydovchilar ishga taklif qilinmoqda

O‘zbekistondagi yuk mashinalari, avtobus va lokomotiv haydovchilari Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda. Ular O‘zbekistonda nemis tili va malaka kurslarida o‘qitiladi. Oylik maosh oyiga 2400 — 2600 yevroni tashkil qiladi.


dayjest

Angliyada ishlash uchun 3 millionga yaqin o‘zbekistonlik qiziqish bildirgan tanlov bekor qilindi. Nega?

10-yanvarda Angliyaga mavsumiy ish o‘rinlari uchun tanlov o‘tkazildi. Ammo 3 millionga yaqin o‘zbekistonlik qiziqish bildirgan tanlov natijalari ko‘p o‘tmay bekor qilindi. Migratsiya agentligi bunga texnik muammolarni sabab qilib ko‘rsatdi. Angliya kompaniyasi esa jarayonga uchinchi shaxslar aralashganini ta’kidlamoqda.


dayjest

Samarqandda o‘quvchi boshqaruvidagi Spark urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi

Samarqand shahrida 10-sinf o‘quvchisi boshqaruvidagi Spark piyodani urib yubordi. Oqibatda 51 yoshli erkak vafot etdi.


dayjest

Raqobat qo‘mitasi Ucell kompaniyasini jarimaga tortdi

Raqobat qo‘mitasi reklamalarda bo‘rttiruvchi ma’no ifodalangani uchun Ucell (COSCOM) kompaniyasini jarimaga tortdi.


dayjest

O‘zbekiston 2025-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi joylar ro‘yxatiga kiritildi

BBC Travel global media portali O‘zbekistonni 2025-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi manzillar ro‘yxatiga kiritdi. “Mamlakat sayyohlarni jalb qilish maqsadida yangi poyezd yo‘nalishlari, ichki reyslar va madaniy obyektlarga investitsiya kiritmoqda”, — deyiladi hisobotda.


dayjest

Toshkentda harakatsiz turgan Nexia yonib ketdi

Chilonzor tumanidagi avtoturargohda turgan Nexia butunlay yonib ketdi. Yong‘in oqibatida jarohat olganlar bo‘lmagan. Yong‘in sababi hozircha aniq emas.


dayjest

Hokim yordamchilari 2024-yilda 309 ta korrupsiyaga oid jinoyatlar qildi

O‘zbekistonda 2024-yilda hokim yordamchilari 309 ta korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etgan. Umuman olganda, 2024-yilda jami 6898 nafar shaxs tomonidan 5716 ta korrupsiyaga oid jinoyat sodir etilgan.


dayjest

“Talablar qattiq qo‘yib yuborilgan” — Migratsiya agentligi Kanadaga birorta ham o‘zbekistonlik ishga yuborilmagani haqida

Bandlik vazirligi 2024-yilda Kanada 5 mingta bo‘sh ish o‘rni taklif etayotganini e’lon qilgandi. Migratsiya agentligiga ko‘ra, shundan so‘ng ishlash uchun 35 ming o‘zbekistonlik qiziqish bildirgan. Ulardan 100 nafar nomzodning ma’lumotlari Kanada tomoniga taqdim etilgan. Ammo nomzodlarning barchasi rad qilingan.


dayjest

Alohida dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi belgilandi

Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i bilan alohida dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi. Hujjatga ko‘ra, dorilarni tadqiqotsiz ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror SSV huzuridagi ekspertlar kengashi tomonidan chiqariladi.


dayjest

Toshkent viloyati va shahrida havoni ifloslantirgan 46 ta issiqxona faoliyati to‘xtatildi

Toshkent viloyati va shahrida atmosferaga zarar yetkazayotgan 46 ta issiqxonaning faoliyati to‘xtatildi. Bundan tashqari, 426 ta issiqxona egalari chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish zarurligi, shuningdek, chiqindilardan yoqilg‘i sifatida foydalanish taqiqlangani haqida ogohlantirildi.


dayjest

“Davlat o‘z qonunlariga rioya qilmasligi mumkinligini ko‘rsatmoqda”. Komil Jalilov — xususiy oliygohlarga 4 foizli “soliq” solinishi haqida

Ko‘plab tanqidlarga qaramay, Oliy ta’lim kengashi xususiy oliygohlarning kontraktdan tushadigan pullariga 4 foizli “soliq solish” fikridan qaytmadi. “Gazeta.uz” kolumnisti Komil Jalilov bitta keys orqali davlat o‘zi chiqargan qonunlariga rioya qilmasligi mumkinligini ko‘rsatmoqda, deya qayd etdi.


dayjest

Ekologiya vazirligi va BMTTD O‘zbekistonda ikkita ekologik loyihani ishga tushirdi

Ekologiya vazirligi va BMTTD O‘zbekistonning biologik xilma-xillik bo‘yicha milliy strategiyasini ishlab chiqish va G‘arbiy Tyan-Shan ekotizimlarini tiklashni qo‘llab-quvvatlash loyihalarini ishga tushirdi. Ularni 2030-yilga qadar amalga oshirish rejalashtirilgan. GEF loyihalarga 6,5 mln dollar ajratdi.


dayjest

Bandlik vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Bungacha Prezident administratsiyasida ishlab kelgan Marat Jurayev kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.


dayjest

Skuter va mopedlar 1-martgacha YHXXda ro‘yxatdan o‘tishi, egalari esa litsenziya olishi shart

O‘zbekistonda 1-martdan boshlab moped va skuterlarga yangi talablar joriy etilmoqda: majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tish, davlat raqami belgilarini olish va ularni boshqarish uchun “A” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish.


Jahon

dayjest

Isroil 90 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi

Isroil HAMAS bilan kelishuv doirasida 90 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi. HAMAS esa isroillik uch ayolni topshirdi. Kelishuvning birinchi bosqichida HAMAS 97 nafar isroillikning 33 nafarini, Isroil mingdan ortiq falastinlik mahbusni ozod qilmoqchi.


dayjest

TikTok AQShda bloklangach, bir necha soatdan so‘ng yana ishlay boshladi

Yuklatilgan talabni bajarmagach, TikTok AQShda bloklandi va App Store hamda Google Play`dan olib tashlandi. Biroq Trampning platformani saqlab qolish haqidagi bayonotidan so‘ng kompaniya ishini qayta tikladi. Foydalanuvchilarga esa “Trampning harakatlari tufayli TikTok AQShga qaytdi!” degan xabar yo‘llandi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!