Raqobat qo‘mitasi COSCOM — Ucell kompaniyasini jarimaga tortdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, olib borilgan monitoringlarda COSCOM kompaniyasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida joylashtirilgan reklamalarda bo‘rttiruvchi ma’no ifodalanganlik holatlari aniqlangan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan COSCOM kompaniyasiga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilishi alomatlari bilan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llash xaqida qaror qabul qilingan.
Shuningdek, qonun buzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berilgan.
Qo‘mita maxsus komissiyaning qaroridan norozi bo‘lgan tomon qo‘mitaning Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga egaligini eslatgan.