Olimpiada Qozog‘iston Milliy fizika va matematika maktabi tomonidan Qozog‘iston Ta’lim vazirligi va “Darin” Respublika ilmiy-amaliy markazi ko‘magida tashkil etildi. Uning asosiy maqsadi ilmiy bilimlarni ommalashtirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va fizika-matematika maktablari o‘rtasida tajriba almashish maydonini yaratishdan iborat.

artel technical school, реклама

Alohida e’tirof — Asadbek Boboqulov

O‘zbekiston jamoasining asosiy yulduzi Artel Technical School nodavlat ta’lim muassasasining 11-sinf o‘quvchisi Asadbek Boboqulov bo‘ldi. U “Matematika” yo‘nalishida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Asadbek o‘nlab kuchli raqiblardan o‘zib, shiddatli bellashuvda chuqur bilim va tahliliy tafakkurini namoyish etib, ajoyib natija ko‘rsatdi.

artel technical school, реклама

Asadbek Boboqulovning yutug‘i Artel Technical School uchun muhim voqea bo‘ldi va ta’limga zamonaviy yondashuvlar yosh iste’dodlarga cho‘qqilarni zabt etishda qanday yordam berishiga yorqin misol bo‘ldi.

“Biz Asadbek va butun jamoamizning muvaffaqiyatidan behad faxrlanamiz. Ushbu g‘alaba sifatli ta’lim va o‘qitishdagi innovatsion yondashuvlar o‘quvchilarning yuqori natijalarga erishishiga yordam berishini tasdiqlaydi”, — deya ta’kidladi Artel Technical School ma’muriyati.

artel technical school, реклама

Maktab o‘z o‘quvchilarining xalqaro tanlov va olimpiadalarda ishtirok etishini faol qo‘llab-quvvatlab, ularni tayyorlash uchun barcha zarur vositalarni taqdim etmoqda. Asadbekning g‘alabasi maktabning xalqaro maydonda tan olinishida muhim qadam bo‘ldi.

XXI Xalqaro Jautikov olimpiadasi o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilarining yuqori tayyorgarlik darajasini yana bir bor tasdiqladi. O‘zbekistonlik ishtirokchilar jami 19 ta medalni qo‘lga kiritib, ajoyib natijalarni namoyish etdi:

  • 2 ta oltin medal: matematika;
  • 5 ta kumush medal: matematika va informatika;
  • 12 ta bronza medal: matematika, fizika va informatika.

artel technical school, реклама

Artel Technical School 2017-yilda muhandislik, aniq fanlar va IT sohasida yosh mutaxassislarni tayyorlash maqsadida tashkil etilgan. Artel yirik sanoat kompaniyasi negizida tashkil etilgan ushbu maktab, nazariy ta’limni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish imkonini beradi. Maktabning o‘quv dasturi tahliliy fikrlashni rivojlantirish, loyiha ishlarini bajarish va xalqaro olimpiadalarga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan.

Reklama huquqlari asosida.