Turkiyaning Bolu provinsiyasidagi Kartalkaya tog‘-chang‘i kurortida mehmonxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 10 kishi halok bo‘ldi, 32 kishi jarohat oldi, deya xabar bermoqda Daily Sabah.
Yong‘in 21-yanvarga o‘tar kechasi 11 qavatli mehmonxonaning to‘rtinchi qavatida boshlangan, u tez orada butun binoni qamrab olgan. Yong‘inni o‘chirishda 200 dan ortiq qutqaruvchi ishtirok etdi.
https://twitter.com/anadoluajansi/status/1881587402151522366?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1881587402151522366%7Ctwgr%5E%7Ctwcon%5Es1_c10&ref_url=
Bolu viloyati rahbari Abdulaziz Aydin yong‘in sababi hozircha aniqlanmaganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in restoran joylashgan qavatda boshlangan. Hodisa sodir bo‘lgan paytda mehmonxonada 234 nafar mehmon bo‘lgan. Mehmonxonada qancha xodim bo‘lgani noma’lum.
Grand Kartal mehmonxonasida yuz bergan yong‘in vaqtida ayrim mijozlar vahimaga tushib, derazalardan sakrashga harakat qildi, deb yozdi Milliyet nashri.
Kartalkaya tog‘-chang‘i kurorti Istambuldan taxminan 270 kilometr uzoqlikda bo‘lib, Keroglu tog‘lari hududida joylashgan mashhur dam olish maskani sanaladi.