2024-yil yakuniga ko‘ra O‘zbekiston gazning sof importchisi maqomini saqlab qoldi. Bu ma’lumot Statistika agentligining “Gazeta.uz” o‘rgangan ma’lumotlaridan kelib chiqadi.

Qiymat jihatidan (fizik hajm oshkor etilmagan) import hajmi 1,68 milliard dollarni tashkil etdi, bu 2023-yildagi 694,9 million dollarlik ko‘rsatkichdan 2,4 barobar ko‘proq.

Yanvar oyida “ko‘k yoqilg‘i” importi 35,6 million dollarni tashkil etdi, fevralda — 3,7 barobar ko‘p yoki 131,1 million dollar, martda — 193,5 million dollar, aprelda — 102,6 million dollar, mayda — 180,4 million dollar, iyunda — 166,3 million dollar, iyulda — 174,2 million dollar, avgustda — 168,3 million dollar, sentabrda — 126,3 million dollar, oktabrda — 86,7 million dollar, noyabrda — 186,8 million dollar.

Dekabrda yetkazib berish 127,9 million dollarga yetdi, bu 2023-yil dekabridagi 132,2 million dollardan biroz pastroq.

2023-yil oktabr oyidan O‘zbekiston Rossiyadan gazni Qozog‘iston hududi orqali teskari yo‘nalishda import qila boshlagan. RFdan gaz importi hajmini oshirish uchun magistral gaz tizimini modernizatsiya qilishga 500 million dollar sarmoya kiritish rejalashtirilayotgani ma’lum qilingandi. Turkmaniston ham gaz yetkazib bermoqda.

O‘zbekiston, shuningdek, o‘tgan yilga nisbatan ko‘proq gaz eksport qila boshladi (qiymat jihatidan). Yil oxirida yetkazib berish 627,6 million dollarga yetdi, bu 2023-yilga nisbatan 18,4 foizga ko‘p (529,9 million dollar).

Yanvarda bu ko‘rsatkich 21 million dollarni tashkil etdi, fevralda — 5,7 million dollar, martda — 18,7 million dollar, aprelda — 6,9 million dollar, mayda — 7,6 million dollar, iyunda — 181,5 million dollar, iyulda — 81,7 million dollar, avgustda — 81,7 million dollar, sentabrda — 74,7 million dollar, oktabrda — 60,9 million dollar, noyabrda — 53 million dollar.

Dekabrda xorijga yetkazib berish 87,2 million dollargacha oshdi, bu o‘tgan yilning dekabr oyidagi ko‘rsatkichdan (20,5 million dollar) 4 barobar ko‘p. O‘zbekiston gazni asosan Xitoyga, shuningdek, Tojikistonga yetkazib beradi. O‘tgan yili Qirg‘izistonga deyarli eksport qilinmadi.

XXR Bosh bojxona boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Xitoyning o‘zbek gazi importi 726,26 million dollarni tashkil etgan, bu qiymat jihatdan 2023-yilga (470,3 million dollar) nisbatan 25,3 foizga ko‘p. Bu O‘zbekistonning umumiy gaz eskporti raqamlarini ko‘rsatuvchi (nafaqat Xitoy) ma’lumotlaridan qariyb 100 million dollar ko‘proq.

Yanvarda Xitoy O‘zbekistondan 38,8 million dollarlik gaz import qildi, fevralda — 18,6 million dollar, aprelda — 11,4 million dollar, mayda — 85 million dollar, iyunda — 81,1 million dollar, iyulda — 69,2 million dollar, avgustda — 97,37 million dollar, sentabrda — 97,4 million dollar, oktabrda — 88,9 million dollar, noyabrda — 79,4 million dollar, dekabrda — 58,8 million dollar. Bunda ham fizik hajmlar oshkor etilmagan.

Shu tariqa yetkazib berishdagi farq 1 milliard dollardan oshdi. Taqqoslash uchun: 2023-yilda ham O‘zbekiston eksport qilganidan ko‘proq gaz import qilgan, biroq bu raqamlar orasidagi farq 165 million dollarni tashkil qilgandi.

Bosh vazir Abdulla Aripov 2020-yil yanvar oyida O‘zbekiston 2025-yilgacha gaz eksportini to‘xtatish niyatida ekanini aytgan edi. U gazni qayta ishlash, qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish rejalashtirilayotganini ta’kidlagan.

Keyinchalik, 2022-yilda “O‘ztransgaz”ning sobiq rahbari Behzod Normatov O‘zbekiston 2025−2026-yillarga borib gaz eksport qilishni to‘liq to‘xtatishi mumkinligini aytgan. O‘sha vaqtda mamlakatda qazib olinayotgan gazning taxminan 10 foizi Xitoyga eksport qilinayotgan edi.

Qanday qilib O‘zbekiston gazning sof importchisiga aylanib qoldi?

Davr
Gaz eksporti (million dollarda)
Gaz importi (million dollarda)
Farq
2017
2156,1

2156,1
2018
2424,0

2424,0
2019
2257,5

2257,5
2020
478,1
50,4
427,7
2021
717,3
154,5
562,8
2022
910,9
281,9
629,0
2023
529,9
694,9
-165,0
2024
627,6
1679,7
-1052,1

”gaz,

Avvalroq “Gazeta.uz” mamlakat ichida ulkan gaz zaxiralari bo‘lishiga qaramay, bu holat yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan omillarni o‘rganishga harakat qilgandi.