Siyosat

dayjest

Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Samarqand viloyatining sobiq hokimi Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.


dayjest

O‘zbekiston va Rossiya harbiy sohada besh yillik sheriklik dasturini imzoladi

O‘zbekiston va Rossiya mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2025-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi va 2026−2030-yillarga mo‘ljallangan harbiy sohada strategik sheriklik dasturini imzoladi.


dayjest

Samarqandda aprelda Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo sammiti bo‘lib o‘tadi

Aprel oyida Samarqandda Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi. Avvalroq tadbir YeIda o‘tgan yili yangi hukumat tuzilgani sababli 2024-yildan 2025-yilga ko‘chirilgan edi.


dayjest

Suv xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Prezident qarori bilan Zokir Ishpulatov suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari — Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. U bungacha Vazirlar Mahkamasi kotibiyati bosh mutaxassisi bo‘lib ishlagan.


Iqtisodiyot

dayjest

2025-yilda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida eksport hajmi 4 mlrd dollarga yetkazilishi rejalashtirilmoqda

Prezident farmoni bilan to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Hujjatda mahsulotlar eksportini 2025-yilda 4 milliard dollarga yetkazish asosiy maqsadli ko‘rsatkichlardan biri sifatida belgilangan.


dayjest

O‘zbekistonda paxtani birja orqali sotishning yangi mexanizmi joriy etilmoqda. Asosiy ma’lumotlar

Prezident farmoni bilan paxtani birja orqali sotishning yangi mexanizmi ishga tushirilmoqda. Yangi tartibga ko‘ra, paxta yetishtirish uchun olingan imtiyozli kreditlarni yil oxirigacha so‘ndirgan xo‘jaliklarga foiz to‘lovlarining 4 foiz punkti subsidiya sifatida qaytarib beriladi.


dayjest

Kapital talablarini bajarmagan ikkita bankning aktiv operatsiyalari cheklab qo‘yildi

O‘zbekistonda 2025-yildan boshlab banklar uchun ustav kapitalining eng kam miqdori 500 milliard so‘mgacha oshirildi. Bugungi kunga qadar to‘rtta bank ushbu talabni bajarmagan, Markaziy bank ulardan ikkitasining aktiv operatsiyalarini cheklab qo‘ydi.


dayjest

MB bo‘lib to‘lash bozorini tartibga solish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Markaziy bank hozirda bank nazoratidan tashqarida bo‘lgan bo‘lib to‘lash bozorini tartibga solish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bo‘lib to‘lashni taqdim etadigan xizmatlar nobank kredit tashkilotlari deb hisoblanishi mumkin.


Jamiyat

dayjest

Toshkentda milliylik targ‘ib qilinadi, davlat idoralarida milliy kiyimda yurish tavsiya etiladi — hokim qarori

Shavkat Umurzoqov Toshkent shahrida milliylikni targ‘ib qilishga doir qaror imzoladi. Unga ko‘ra, milliy liboslar va milliylikni targ‘ibotini o‘z ichiga olgan “Milliy Toshkent” loyihasi amalga oshiriladi. Shahardagi davlat ishxonalari xodimlariga milliy liboslarda yurish tavsiya etiladi.


dayjest

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 23−27-yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi.


dayjest

Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh faoliyati fosh etildi

Toshkent shahrida yashovchi bir guruh shaxslar kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgani aniqlandi. Tezkor tadbirlar davomida 130 mln so‘mdan ortiqroq qiymatga ega dorilar musodara qilingan.


dayjest

O‘zbekistonda davlat Cyber university oliygohi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Cyber university davlat universiteti tashkil etiladi. Oliygoh raqamli texnologiyalar va kiberxavfsizlik sohasida kadrlar tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi.


dayjest

Endilikda jinoyat sodir etilgan mahallalarda ilmiy yondashuv asosida o‘rganishlar o‘tkaziladi

O‘zbekistonda jinoyat sodir etilgan mahallalarda ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari tomonidan ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganishlar o‘tkaziladi. Milliy gvardiya boshliqlari va ichki ishlar organlari boshliqlari o‘rinbosarlariga kriminogen vaziyat og‘ir mahallalar nomma-nom biriktiriladi.


dayjest

Yaponiyada o‘qish, ishlash va yashash haqida ma’lumot beruvchi portal ishga tushdi

Migratsiya agentligi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi tomonidan Japan Career portali ishga tushirildi. Unda Yaponiyadagi mehnat migratsiyasi, ta’lim va yashash imkoniyatlari haqida o‘zbek, rus va yapon tillarida ma’lumotlar berib boriladi.


dayjest

O‘zbekistonda ekologik markirovka belgisi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda ekologik markirovka belgisi tasdiqlandi. Ekologiya vazirligi “Yashil belgi” tizimini tartibga solish bo‘yicha vakolatli organi hisoblanadi hamda unga bir qancha vazifalar belgilandi.


dayjest

Toshkentda advokatlik firmasi mutaxassisi va bank yuristi pora olganda ushlandi

Toshkentda advokat 26 yoshli fuqaroning 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini yengillashtirish uchun 20 ming dollar olganda ushlandi. U 15 ming dollarni shu ishga aloqador boshqa shaxs — bank yuristiga topshirgan. Huquqshunos ham tezkor tadbirda qo‘lga olingan.


dayjest

Tadbirkorni shantaj qilib, undan pul undirishda gumonlanayotgan Telegram kanal ma’murlari ushlandi

Telegram`dagi “Nazorat Uz” kanali ma’murlari ovqatlanish tarmoqlari rahbarlaridan katta miqdorda pul talab qilganlikda gumonlanmoqda. Ular oshxonada suvarak chiqqani aks etgan videolar borligini aytib, tadbirkorlarni qo‘rqitgan. Holat yuzasidan uch kishiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.


dayjest

Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namanganda texnika universitetlari tashkil etiladi

Oliygohlarda registrator ofislari ochib, oliy ta’lim va ilm-fan xizmatlarini qamrab olgan yagona raqamli tizim joriy etish rejalashtirilmoqda. Dual ta’limda ishtirok etayotgan korxonalar rag‘batlantiriladi. Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namangan texnika universitetlari tashkil etiladi.


dayjest

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ilmiy asoslanganligi o‘rganiladi

O‘zbekistonda endi tegishli sohadagi davlat ekspertlik va oliy ta’lim muassasalari normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ilmiy asoslanganligini o‘rganadi. Bunda xulosalar tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘ladi, ular inobatga olinmaganda kelishmovchiliklar jadvali tayyorlanadi.


dayjest

Kriminologiya tadqiqot instituti pullik xizmatlar ko‘rsata boshlaydi

Kriminologiya tadqiqot instituti jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida shartnoma asosida pullik xizmatlar ko‘rsata boshlaydi. Institut ekspertlik, ilmiy-tadqiqot, noshirlik, matbaa xizmatlarini taqdim etadi. Narxlar bozor kon’yunkturasidan kelib chiqqan holda tasdiqlanadi.


Sport

dayjest

Srechko Katanets terma jamoa bosh murabbiyligidan ketdi

Srechko Katanets futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi. Uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sababli O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi.


dayjest

Timur Kapadze O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiyi Timur Kapadze milliy terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bunda uning “murabbiylik iste’dodi, mas’uliyati, jamoa a’zolari orasida mavqei” inobatga olindi. Avvalroq sobiq murabbiy Srechko Katanets sog‘lig‘idagi muammolar sabab vazifasidan ozod etilgandi.


Jahon

dayjest

Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralardan bosh tortsa, Tramp Rossiyaga sanksiyalar qo‘llamoqchi

Donald Tramp agar Rossiya urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralardan bosh tortgan taqdirda, sanksiyalar bilan tahdid qildi, shuningdek, Putinni “aqlli” deb atadi. U Putin bilan “juda tez muddatda” gaplashishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.


dayjest

76 kishi: Turkiyada mehmonxonadagi yong‘in qurbonlari soni yana o‘sdi

Turkiyaning Bolu muzofotidagi yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 76 kishiga yetdi, 52 kishi jarohat oldi. Ish doirasida 9 kishi, jumladan, mehmonxona egasi ham qo‘lga olindi. Mamlakatda bir kunlik milliy motam e’lon qilingan.


dayjest

Janubiy Koreyada tug‘ilish darajasi 9 yil ichida ilk marta ko‘tarildi

Janubiy Koreyada 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida tug‘ilganlar soni bir yil oldingiga nisbatan 3 foizga oshdi. Bu COVID-19 pandemiyasi tufayli kechiktirilgan nikohlar tiklangani bilan ham bog‘liq. Ammo mamlakat 0,72 tug‘ilish darajasi bilan dunyo bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlardan birini qayd etib turibdi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!