23-yanvar kuni soat 05:44 da O‘zbekistonda epitsentri Buxoro viloyatiga to‘g‘ri kelgan yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.

Zilzila markazi — Jondor tumani. Koordinatalar: 40,22 gradus shimoliy kenglik; 63,12 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda — 4. Chuqurlik — 15 km. Epitsentr Toshkentdan 526 km janubiy-g‘arbda.