Dam olish kunlari sovuq havo massalari chekina boshlaydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi.

Juma kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzi havo harorati +3…+8 daraja bo‘ladi. Janubiy hududlarda ba’zi joylarida +10…+12 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayadi.

Shanba-yakshanba kunlari butun respublika bo‘ylab havo harorati ko‘tarilishi fonida quyoshli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Shanba kechasi havo harorati −2…−7 daraja oralig‘ida saqlanib, kunduzi +7…+12 darjagacha ko‘tarila boshlaydi. Yakshanba kuni esa kechasi havo harorati −2…+3, kunduzi +9…+14 darajagacha ko‘tariladi.

24−25-yanvarda bazi joylarda shamol 13−18 m/s gacha tezlikda esadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi mavjud.

Toshkent shahrida dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamol 3−8 m/s tezlikda esadi. Shanba kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, havo harorati kechasi −3…−5, kunduzi +8…+10 daraja bo‘ladi. Yakshanba kuni kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, havo harorati kechasi 0…+2, kunduzi +11…+13 darajagacha ko‘tariladi.