Angliya Premer-ligasining 23-turida “Manchester Siti” “Chelsi”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda “Siti”ning yaqinda transfer qilingan o‘zbekistonlik markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov debyut o‘yinini o‘tkazdi.

Foto: X / Manchester SitiFoto: X / Manchester Siti

Pep Gvardiola, shuningdek, yaqinda jamoa tarkibiga qo‘shilgan misrlik futbolchi Omar Marmushni ham asosiy tarkibda maydonga tushirdi.

Uchrashuvning uchinchi daqiqasida Abduqodir Husanov to‘pni darvozabonga bosh bilan uzatishda xatoga yo‘l qo‘ydi va bu “Chelsi” futbolchisi Nikolas Jekson to‘pni egallab olishiga olib keldi. Jekson o‘z navbatida to‘pni bo‘sh qolgan darvoza oldidagi Noni Maduekega uzatdi va uchrashuvda hisob ochildi.

абдuқодир ҳuсанов, манчестер сити, фuтбол, челси

To‘rtinchi daqiqada Abduqodir Husanov Palmerga nisbatan qo‘pollik ishlatdi va hakam unga sariq kartochka ko‘rsatdi.

42-daqiqada Noni Madueke sun’iy ofsayd yuzaga keltirish vaqtida xatoga yo‘l qo‘ydi, “Manchester Siti” futbolchisi Mateus Nunes esa birga-bir vaziyatga chiqib borib, darvozaga zarba yo‘lladi. Darvozabon qaytargan to‘p esa “Manchester Siti”ning boshqa futbolchisi Yoshko Gvardiolga borib tushdi va u hisobni tenglashtirdi.

абдuқодир ҳuсанов, манчестер сити, фuтбол, челси

54-daqiqada Pep Gvardiola sariq kartochkasi bor Abduqodir Husanovni zaxiraga olib, uning o‘rniga Jon Stounzni tushirdi. Husanov maydonni tark etayotgan payt “Manchester Siti” muxlislari Husanovni qo‘llab-quvvatladi va olqishlar bilan kuzatib qo‘ydi.

Uchrashuvning 68-daqiqasida “Siti” darvozaboni Ederson hujum chizig‘idagi Erling Holandga uzatma berdi. “Chelsi” darvozaboni Robert Sanches esa himoyachi Trevo Chaloba Holandni qo‘riqlab kelayotganiga qaramay darvozasini tark etib, oldinga chiqib keldi. Holand esa ularning ustidan to‘pni darvozaga tashlab qo‘ydi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

87-daqiqada Holandning uzatmasidan keyin Fil Foden birga-bir vaziyatga chiqdi va hisobni 3:1 ko‘rinishiga olib kelib, uchrashuvga mantiqiy nuqtani qo‘ydi.

абдuқодир ҳuсанов, манчестер сити, фuтбол, челси

Uchrashuvda “Manchester Siti” raqibidan ko‘ra to‘pga ko‘proq egalik qildi, ko‘proq vaziyat yaratdi, aniq zarbalar berdi. Umuman olganda jamoalarning asosiy statistik ko‘rsatkichlari quyidagicha ko‘rinish oldi:

абдuқодир ҳuсанов, манчестер сити, фuтбол, челси

Pep Gvardiolaning qisqa intervyusi

“Yaxshi start emas. Bizga omad kulib boqdi, hisob 2:0 ko‘rinishiga kelib, jazolanganimiz yo‘q. Shundan so‘ng biz hissiy jihatdan tiklanib, yaxshi o‘ynashni boshladik. Oxirgi o‘yinlarga qaraganda to‘pga ko‘proq egalik qildik. Bu haqiqatan ham juda muhim edi. Futbolchilar birgalikda harakat qildi. Bu juda muhim edi. Har qanday futbolchi xato qilishi mumkin. Muxlislar har doim yangi o‘yinchilarni qo‘llab-quvvatlaydilar. U [Abduqodir Husanov] juda yosh. U hali o‘rganadi. Biz endi “Nottingem”ga yaqinroqmiz, ammo “Bornmut” ancha tez harakatlanmoqda”, — dedi “Manchester Siti” bosh murabbiyi uchrashuvdan keyingi qisqa intervyusida.

Turnir jadvalidagi vaziyat

Chempionatning 23-turidan keyin “Manchester Siti” turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Jamoa uchinchi o‘rindagi “Nottingem Forest”dan 3 ochko ortda qolmoqda, 5-o‘rindagi “Nyukasl Yunayted” bilan farq esa atigi 1 ochko.

абдuқодир ҳuсанов, манчестер сити, фuтбол, челси