Davronbek Sattarov Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi, deb xabar berdi hokimlik matbuot xizmati.

U hokimga turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalarida yordam beradi.

Bunga qadar u Paxtaobod tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari edi.

Avvalroq Ulug‘bek Rahimov Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.