27-yanvar kuni Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi tikuvchilik korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.
Yong‘in soat 21:33 da tumanning Taqachi mahallasidagi tikuvchilik korxonasining omborida kelib chiqqan. Qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 21:40 da yetib borib, yong‘in soat 22:22 da qurshab olingan.
Voqea joyiga Toshkent shahar FVB rahbariyati hamda ma’sul tashkilotlarning vakillari chiqgan. U soat 01:41 da o‘chirilgan. Voqea oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.