Eski Toshkent tibbiyot instituti yaqinidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining Maxtumquli ko‘chasiga tutashgan qismini qayta qurish ishlari yakunlandi, deya xabar qilmoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Hokimlik tomonidan e’lon qilingan videoda chorrahada yangi yo‘l harakatining tartibi ko‘rsatilgan. Endi Maxtumquli ko‘chasidan Kichik halqa yo‘liga chiqish temiryo‘l va avtomobil ko‘priklari ostida o‘tgandan so‘ng, o‘ngga burilish orqali amalga oshiriladi. KHAYga chiqishda ham o‘ngga, ham chapga (svetofor yordamida) burilish mumkin. Ilgari amalda bo‘lgan Maxtumqulidan KHAYga chapga burilish endi yopiq.

Kichik halqa yo‘lidan eski ToshMI (shahar markazi) tomon chiqish esa endi yo‘l o‘tkazgich yonidan emas, balki undan oldinroq boshlanadi.

кичик halqa yo‘lи, тошкент

кичик halqa yo‘lи, тошкент

кичик halqa yo‘lи, тошкент

“Toshkent shahar hokimligi huzurida tashkil etilgan „Toshkent invest“ kompaniyasi AJ mutaxassislari xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda transport oqimini o‘lchab, o‘rganib chiqdi hamda tahlil qildi. Obyekt qurilishi bo‘yicha muhandislik-texnik yechim shahar YHXBB va China Construction bilan hamkorlikda ishlab chiqildi”, — deyiladi xabarda.

кичик halqa yo‘lи, тошкент

“Hudud piyodalar ehtiyojlarini inobatga olgan holda obodonlashtirilmoqda, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratildi”, — deyiladi hokimlik xabarda. Qayd etish kerak, hokimlik videosida piyodalar chiqishlardan birining chetidan qanday o‘tayotgani ko‘zga tashlanadi.

Yo‘l uzelidan tushish yo‘llarini rekonstruksiya qilish 2024-yil kuzida boshlangan. “Gazeta.uz”, shuningdek, hokimiyatning Mirzo Ulug‘bek prospekti tomon kesishmada yo‘l oqimlarini beton to‘siqlar bilan ajratish rejasi haqida yozgandi. Bu yerda olti qatorli yo‘ldan va KHAYdan tushgan mashinalar to‘rt qatorli yo‘lga qo‘shilib, xavfli holatlar yuzaga keltirayotgan edi.

Shuningdek, Maxtumqulidan Central Park tomon tushish joyida Abdulla Qodiriy ko‘chasiga ortiqcha yuzlab metr bosib o‘tmay turib chiqish imkoniyati yaratilishi kutilmoqda.