Yillar davomida xizmat mahalliy startapdan Toshkentdagi taniqli va milliy taksi brendlaridan biriga aylanib, mijozlarga qulay va xavfsiz safarlarni taqdim etdi.

10 yil — bu faqatgina raqamlar emas, balki kompaniyaning o‘sishi va muvaffaqiyat sari yo‘li haqidagi hikoya.

MyTaxi`ning 10 yilligi — bu millionlab safarlar, o‘n minglab mijozlar va hamkorlar hamda xizmatning doimiy takomillashtirilishi. MyTaxi foydalanuvchilari haydovchilar bilan birga 152 million kilometrdan ortiq yo‘l bosdi, safarlarda 395 million daqiqadan ortiq vaqt o‘tkazdi, Toshkent bo‘ylab 60 mingdan ortiq haydovchi esa ularning qulayligi va xavfsizligini ta’minladi.

mytaxi, реклама

MyTaxi`da birinchi buyurtma 2015-yilda bajarilgan. Kompaniyaning maqsadi dastlabki kundan boshlab oddiy va aniq edi: taksini hamyonbop, qulay va xavfsiz qilish. O‘shandan beri MyTaxi jadal rivojlanib, innovatsiyalarni joriy etmoqda va xizmat sifatini doimiy ravishda yaxshilab kelmoqda. Bugungi kunda bu nafaqat xizmat, balki ishonchlilik va qulaylik ramziga aylangan milliy brend.

mytaxi, реклама

Bu yillar davomida MyTaxi katta yutuqlarga erishib, premium xizmat darajasiga ko‘tarildi va har xil toifadagi mijozlarga, jumladan, jamoat arboblariga xizmat ko‘rsatadigan ishonchli hamkor bo‘lib qoldi. Xavfsizlik, ishonchlilik va qulaylik — ular yuqori baholaydigan mezonlardir.

MyTaxi — bu:

  • texnologiyalar — foydalanuvchilar uchun qulay marshrutlar, buyurtmalar o‘rtasida talab va taklifni samarali taqsimlash. Xizmat mahalliy (UZCARD, Humo) va xalqaro (Visa, Mastercard) to‘lov tizimlarini qo‘llab-quvvatlaydi;

  • xavfsizlik — kompaniya xizmat sifati ustidan qat’iy nazorat o‘rnatgan. Toshkent shahrining turli hududlarini yaxshi bilish bo‘yicha haydovchilarda sinovlar o‘tkaziladi, shuningdek, ulanish jarayonida transport vositalarining texnik tekshiruvi amalga oshiriladi;

  • ishonchlilik — yo‘lovchilar haydovchilarning kasbiy mahorati, shaharni mukammal bilishi va yuqori xizmat standartlariga rioya qilishi sababli har bir safardan mamnun bo‘lishlariga ishonch hosil qilishlari mumkin.

mytaxi, реклама

MyTaxi nafaqat biznes, balki hamkorlar bilan ishonchli munosabatlar ham barpo etmoqda. Kompaniya halollik, hurmat va mas’uliyat tamoyillariga rioya qiladi, bu esa foydalanuvchilar va korporativ mijozlarning ishonchi va sadoqatini qozonish imkonini berdi.

Kelajakda MyTaxi yanada rivojlanib, boshqa hududlarga kengayishni, xizmat sifatini yaxshilashni va yangi texnologiyalarni joriy etishni davom ettiradi.

“Kelajak — bu shunchaki manzil emas, u biz birgalikda yaratadigan yo‘ldir. Har bir yangi qadam bilan biz safarlaringizni yanada qulay, tezkor va yoqimli qilishga intilamiz. Shu yillar davomida biz bilan bo‘lgan har bir kishiga minnatdorchilik bildiramiz. Oldinga birga intilamiz”, — dedi MyTaxi operatsion direktori Aleksey Shitov.

mytaxi, реклама

Yubiley sharafiga MyTaxi barcha foydalanuvchilarga promokod taqdim etadi. Uni havola orqali faollashtirish va qulay safarlardan bahramand bo‘lish mumkin.

“MyTaxi — doimo yoningizda, harakatda va siz bilan birga”.

Ilovani havola orqali yuklab olish mumkin.

Facebook: fb.com/mytaxiuz
Instagram:@mytaxiuz
Telegram: t.me/mytaxiuz
YouTube: @mytaxi.uzbekistan
LinkedIn: linkedin.com/mytaxi.uz

Reklama huquqlari asosida.