31-yanvar kuni Yevropa futbol assotsiatsiyalari ifttifoqining Non (Shveysariya)dagi bosh qarorgohida Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga o‘tish o‘yinlari uchun qur’a tashlandi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, juftliklar quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • “Brest” — “PSJ” (G‘olib keyingi bosqichda “Liverpul” yoki “Barselona” bilan o‘ynaydi);
  • “Monako” — “Benfika” (“Liverpul” yoki “Barselona”);
  • "Bryugge" — “Atalanta” (“Lill” yoki “Aston Villa”);
  • “Sporting” — “Borussiya” (“Lill” yoki “Aston Villa”);
  • “Manchester Siti” — “Real” (“Atletiko” yoki “Bayer”);
  • "Seltik" — “Bavariya” (“Atletiko” yoki “Bayer”);
  • "Yuventus" — “PSV” (“Arsenal” yoki “Inter”);
  • "Feyenoord" — “Milan” (“Arsenal” yoki “Inter”).

Dastlabki o‘yinlar 11−12-fevralda, javob o‘yinlari esa 18−19-fevralda o‘tkaziladi.

чемпионлар лигаси, qur’a

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov 2025-yil yanvar oyi oxirlarida Angliyaning “Manchester Siti” klubiga o‘tgandi. 20 yoshli futbolchi APLda o‘ynaydigan ilk o‘zbek futbolchisi hisoblanadi.






Birinchi o‘yinlar 11−12-fevralda, javob o‘yinlari esa 18−19-fevralda o‘tkaziladi.