Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi rais etib saylandi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Bungacha federatsiyaga 2012-yildan buyon sobiq qurilish vaziri Botir Zokirov raislik qilib kelgan.
Sherzod Hidoyatov 1980-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Oliy xo‘jalik sudida 11 yil davomida konsultant bo‘lgan. Undan so‘ng 9 yil Artel Engineering, Durabel Beton va boshqa kompaniyalarda turli lavozimlarda ishlagan.
2021-yilda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri bo‘lgan. 2022-yilning oxiridagi ma’muriy islohot davomida Qurilish va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirliklari birlashtirilgan. O‘shanda Hidoyatov Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari, 2024-yilning avgustida esa vazirlik rahbari etib tayinlangan.