Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida zapravkada 1-fevral kuni avtobus portladi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, shanba kuni soat 08:40 da tumanning Navbahor ko‘chasidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarning birida Isuzu rusumli avtobus gaz ballonida chaqnash sodir bo‘lgan.
Gaz balonidagi gaz to‘ldirish uchun mo‘ljallangan qismiga ulangan maxsus metal moslama chiqib ketishi oqibatida gaz yuqori bosim bilan havoga chiqib ketgan, deyiladi rasmiy munosabatda.
Ta’kidlanishicha, sodir bo‘lgan holat oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. FVB haydovchilardan zapravkalarda belgilangan qoidalarga amal qilishni so‘ragan.