1-fevral kuni Centrum Air aviakompaniyasining C63336 reysi bilan Madinadan Farg‘onaga uchgan A321neo samolyoti Marida (Turkmaniston) majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Tashuvchi matbuot xizmatining xabar berishicha, bunga sabab dvigatelda moy sizib chiqishi bo‘lgan.

Mariga xuddi shu turdagi A321neo zaxira samolyoti jo‘natildi va u yo‘lovchilar va ularning yuklarini Farg‘onaga yetkazib berdi.

Centrum Air muhandislar jamoasi dvigateldagi moy oqimini bartaraf etdi, samolyot tez orada Toshkentga yo‘lovchisiz texnik reysni amalga oshiradi, deyiladi xabarda.