Vazirlar mahkamasining 31-yanvardagi qarori bilan bojxona to‘lovlarining yangi stavkalari tasdiqlandi, deb xabar qilmoqda Bojxona qo‘mitasi.

Hujjat O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni doirasida bojxona yig‘imlari stavkalarini JST qoidalari va talablariga muvofiqlashtirish maqsadida qabul qilingan.

Xususan, tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar miqdori bojxona organlarining harakatlari bilan bog‘liq xarajatlarning taxminiy qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Bundan tashqari, “eksport” va “import” bojxona rejimlarida tovarlarni rasmiylashtirish uchun olinadigan yig‘im stavkalari ham muvofiqlashtirildi.

Bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig‘im miqdori 8 baravar — BHMning 2 baravaridan (750 ming so‘m) BHMning 25 foizigacha (93,75 ming so‘m) kamaytirildi.

Bojxona hududida va bojxona hududidan tashqarida bojxona qayta ishlash rejimlarida undiriladigan yig‘im stavkasi ikki baravar kamaytirildi.

Dastlabki deklaratsiyalash amalga oshirilganda undiriladigan yig‘imga 20% miqdorida chegirma taqdim etiladi.

Bojxona tranziti rejimi uchun BHMning 25% miqdorida yig‘im belgilandi.

Xalqaro kurerlik jo‘natmalarida 1 kg yuk uchun BHMning 2 foizi (7500 so‘m) miqdorida yig‘im joriy etiladi. Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda bir kalendar chorak davomida fuqarolar uchun 1000 AQSh dollari miqdoridagi kurerlik jo‘natmalari uchun boj olinmaydigan norma ishlaydi.

Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyevning “Gazeta.uz"ga ma’lum qilishicha, yangi yig‘im stavkalari tadbirkorlarga 700 milliard so‘mni tejash imkonini beradi.

Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Bojxona yig‘imi turi

Stavka

1.

a) tovarlarning bojxona qiymatiga qarab bojxona rasmiylashtiruvi:



10 000 AQSh dollarigacha

1 BHM


10 000 dan 20 000 dollargacha

1,5 BHM


20 000 dan 40 000 dollargacha

2,5 BHM


40 000 dan 60 000 dollargacha

4 BHM


60 000 dan 100 000 dollargacha

7 BHM (8 BHM edi)


100 000 dan 200 000 dollargacha

10 BHM (15 BHM)


200 000 dan 500 000 dollargacha

15 BHM (30 BHM)


500 000 dan 1 000 000 dollargacha

20 BHM (58 BHM)


1 000 000 dollar va undan yuqori

25 BHM (75 BHM)


b) tovarlarni “tranzit”, “bojxona hududida qayta ishlash” va “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” rejimlarida rasmiylashtirish uchun

25% BHM


v) yuridik shaxslar tomonidan olib kirilgan naqd xorijiy valyutaning bojxona rasmiylashtiruvi (deklaratsiya bo‘yicha)

2,5 BHM


d) bir buyurtma uchun bojxona kirim orderidan foydalangan holda tovarlarni rasmiylashtirish

25% BHM


d) 1 kg uchun xalqaro kurerlik jo‘natmalari uchun (brutto)

2% BHM

2.

Deklarantning iltimosiga binoan yuk bojxona deklaratsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish (bitta qog‘oz yoki elektron deklaratsiya uchun)

25% BHM

3.

Maxsus ajratilgan joylardan tashqarida *** va (yoki) bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari bojxona rasmiylashtiruvi (“eksport” va “reeksport” bojxona rejimlari ostida olib chiqiladigan qayta ishlangan mahsulotlar, shuningdek, bojxona axborot tizimi orqali avtomatik tarzda qayta ishlanadigan yuk bojxona deklaratsiyasidan tashqari):



a) ishlamaydigan vaqtlarda, dam olish va bayram kunlarida (har bir bojxona deklaratsiyasi uchun)

25% BHM (2 BHM edi)


b) bojxona inspektori (uning ishtirokida) tomonidan bojxona nazorati doirasidagi har qanday harakatlar, shu jumladan, bojxona ko‘rigidan o‘tkazish, bojxona nazorati ostidagi tovarlarni deklarant tomonidan tekshirish, shuningdek yuk operatsiyalarini amalga oshirish uchun (har bir ish soati uchun) *****:


ish vaqti davomida:


ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram kunlari:

25% BHM,



2 BHM

4.

Tovarlarni bojxona omborlarida saqlash (kuniga):



birinchi 10 kun davomida kuniga har bir tonna (brutto) uchun

3% BHM


keyingi kunlarda kuniga har bir tonna (brutto) uchun

4% BHM

5.

bojxona organlari tomonidan bitta transport vositasini kuzatib borish:



200 km gacha

2 BHM


200 km va undan ortiq

5 BHM

6.

Bojxona organlari tomonidan tovarlar bo‘yicha dastlabki ajrim chiqarilgani uchun

75% BHM

7

Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib kirilgan, belgilangan me’yorlardan ortiq, to‘liq yoki qisman kalendar kuniga 100 kg gacha bo‘lgan tovarlarni vaqtincha saqlash.



birinchi 5 kun ichida

5% BHM


keyingi 10 kun

7% BHM


qolgan kunlarda

10% BHM


tez buziladigan tovarlar uchun

15% BHM

8.

deklarantning iltimosiga binoan tranzit deklaratsiyasining asosiy varag‘iga o‘zgartirishlar kiritish (deklarant tomonidan axborot tizimidagi o‘zgartirishlar bundan mustasno)

10% BHM

9

Bitta intellektual mulk obyektini bojxona reyestrida qayd etish

1 BHM

Stavkalar