Ishonchli milliy brend sifatida munosib obro‘ga ega bo‘lgan Fonon zargarlik uyi zargarlik buyumlari bozorida doimiy ravishda yetakchilik mavqeini saqlab kelmoqda. Mahalliy va xalqaro miqyosda tan olinishi kompaniyaning dizaynerlik zargarlik buyumlarining benuqson sifati va o‘ziga xosligi bilan bog‘liq.

Qimmatbaho toshlar haqidagi bilimlarni targ‘ib qilish missiyasining bir qismi sifatida Fonon zargarlik uyi Hilton mehmonxonasida har oylik mahorat darslarini boshladi. Hashamatli brend marketingi bo‘yicha mutaxassis Ekrem Sagel va qimmatbaho toshlar gemmologiyasi bo‘yicha bir necha daraja sohibi Bekzod Solixov kabi sohada ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassislar olmosning qiymatini qanday aniqlash bo‘yicha o‘z bilimlari bilan bo‘lishdi.

fonon, реклама

Bir necha soat davomida master-klass ishtirokchilari olmoslarning haqiqiyligi va sifatini aniqlash tamoyillarini o‘rganib, hayajonli jarayonga kirishdi. Tajribali mutaxassislarning rahbarligi ostida ishtirokchilar karat, rang, tozalik va kesim kabi muhim jihatlarni o‘zlashtirdi. Har bir yangi bilim tinglovchilar orasida katta qiziqish va faol munozarani keltirib chiqardi.

fonon, реклама

Sintetik toshlarni farqlay olish, turli xil kesish texnikalari va olmos bilan ishlashning tarixiy jihatlari haqidagi munozaralar va qizg‘in muhukomalar atmosferani isitdi. Ba’zi a’zolar nufuzli manbalarga yoki shaxsiy tajribaga asoslanib, o‘z pozitsiyalarini g‘ayrat bilan himoya qildi. Boshqalar esa fikrlarda murosa va kelishuvga erishishga harakat qildi. Ushbu jonli munozara o‘rganilayotgan san’at qanchalik ko‘p qirrali va qiziqarli ekanini ta’kidladi.

fonon, реклама

Tadbir yakunida har bir ishtirokchi o‘quv jarayonida olingan bilimlar asosida tabiiy va sintetik brilliantlarni ajratishga harakat qildi. Bu munozaralarning yangi to‘lqinini uyg‘otib, har bir toshni baholashda turli xil fikrlar va yondashuvlarni namoyish etdi.

fonon, реклама

Hozirgi zargarlik buyumlari bozorida qimmatbaho toshlarni baholashning nozik tomonlarini tushunish tobora qiyinlashib bormoqda, shuning uchun ham Fonon mahorat darslari alohida ahamiyatga ega.

Tadbir ishtirokchilari nafaqat nazariy ma’lumotlarni eshitish, balki uning maxsus jihozlarda amaliy qo‘llanishini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, master-klass uchun maxsus yetkazib berilgan zargarlik buyumlari namunalari qo‘llandi.

fonon, реклама

Bundan tashqari, mutaxassislar aniq statistik ma’lumotlar va tasdiqlangan dalillarga asoslanib, oltin va olmosning investitsiya afzalliklari mavzusini yoritdi.

Fonon zargarlik uyi mijozlariga nafaqat zargarlik buyumlarining go‘zalligidan bahramand bo‘lish, balki o‘z kelajagiga foydali sarmoya kiritish imkonini berib, har bir xaridda ishonchni ta’minlashga intiladi.

Telefon: (+998) 71−205−2222.

Facebook: fb.com/fononuzb
Instagram: @fononjewellery
Telegram: t.me/fononofficial
Youtube: @fononjewellery

Reklama huquqlari asosida.