Ish haftasining oxirigacha O‘zbekistoning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi.
Respublikaning ayrim joylariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi.
Havo haroratining asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi. Haftaning birinchi yarmida kechalari biroz sovuq bo‘lishi saqlanib turadi. Kunduz kunlari esa havo harorati +8…+11 daraja atrofida bo‘ladi.
Chorshanba va payshanba kunlari kechalari 0…+3 daraja, kunduz kunlari +12…+15 daraja bo‘lishi kutilmoqda. Shimolda harorat asosan kechalari 0…-5 daraja, kunduz kunlari +4…+9 daraja bo‘ladi.
Toshkent shahrida 3−7-fevral kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat 3−4-fevralda kechalari 0…-2 daraja, kunduz kunlari +8…+10 daraja bo‘ladi. Harorat 5−7-fevralda kechalari +1…+3 darajagacha, kunduz kunlari +12…+15 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.