Toshkent shahar Shayxontohur tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudi 203 kishiga aldov yo‘li bilan avtokredit rasmiylashtirgan 6 nafar fuqaroga nisbatan hukm chiqarildi. Bu haqda Milliy TV telekanalidagi Millar ko‘rsatuvida xabar berildi.
Ta’kidlanishicha, bu erkaklar chet eldan avtomobillar olib kelish va sotish uchun firma tashkil qilgan. Ular fuqarolarga o‘z nomiga avtokreditlar rasmiylashtirgani uchun 150−200 dollardan taklif qilgan. Mashinalar kelgach, kreditlarni o‘z nomlariga qayta rasmiylashtirish va mustaqil ravishda to‘lashni va’da berishgan, ammo keyin jabrlanuvchilarni qarzlari bilan qoldirib, g‘oyib bo‘lishgan.
Nafaqaxo‘r fuqaro kreditni qaytarish uchun uning kartasidan hisoblangan nafaqasi yechib olinishi boshlanganda firibgarlik haqida bilib qolganini aytdi. Xabar qilinishicha, hodisa oqibatida jami 62 milliard so‘m mablag‘ o‘zlashtirilgan.
Sud olti kishini aybdor deb topdi. Guruh rahbari 9 yilga ozodlikdan mahrum etildi, qolganlar ham ozodlikdan mahrum qilish jazosiga tortildi, deyiladi reportajda.