Toshkent shahrida fuqaroni katta summa evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuraturaning Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.G‘. fuqaro D.S.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali AQShga yuborishi va u yerda ish bilan ta’minlashi evaziga tanishi A.A. orqali 20 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.