Samarqand viloyati Toyloq tumanida daraxtni noqonuniy kesish orqali tabiatga 115 125 000 so‘m zarar yetkazildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Toyloq tumani “Xo‘jayuz” MFYda joylashgan mahalla hovuzi atrofidagi bir tup ko‘p yillik o‘sib turgan chinor daraxti shu mahallada yashovchi fuqaro S.R. tomonidan hech bir ruxsatlarsiz noqonuniy ravishda kesib tashlagani aniqlangan.
Toyloq tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor o‘rganishlar jarayonida fuqaro daraxtni noqonuniy tarzda kesib tashlashi oqibatida tabiatga 115 125 000 so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.
Holatda o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdorida jinoyat alomatlari borligi sababli aybdor shaxslarga nisbatan qonun talablariga muvofiq tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga taqdim etildi.