Xidirov Alisher Bo‘riyevich Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimovning o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.

Alisher Xidirov hokimning qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ladi.

U mazkur tayinlovga qadar “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati marketing va servis xizmatlari bo‘yicha direktori vazifasida faoliyat olib borgan.

Xidirov yangi lavozimda 2022-yildan buyon ishlab kelayotgan Voxid Ibadullayev o‘rnini egalladi.