Diyor Raziqovning 20 yillik ijodi davomida yaratilgan yuzga yaqin asari namoyish etilgan joyni e’tiborga arzigulik deyish mumkin. 2008-yilda u g‘oyaviy ilhom manbai O‘zmilliybank galereyasining o‘sha paytdagi direktori, bundan o‘n yil avval olamdan o‘tgan Rustam Toshmatov bo‘lgan “5+1” rassomlar guruhiga qo‘shilgandi.

диёр разиқов, ko‘rgazma, ўмб gaлереяси

“Diyor asarlari har doim ixchamligi va juda qiziqarli mazmuni bilan ajralib turadi. U asta-sekin o‘z uslubini, o‘z stilini — samimiyligi va originalligini rivojlantirdi. Zamonaviy san’atda buni amalga oshirish juda qiyin, bu yerda alohida ajralib turish uchun ko‘p harakat qilish kerak”, — dedi galereyaning hozirgi direktori Kamola Akilova ko‘rgazma ochilishida.

Istiqbolli iste’dod egasi sifatida Raziqovning ijodiy tarjimai holida o‘zbek realistik maktabi klassiklari Rahim Ahmedov va Akmal Ikromjonov bilan rassomchilikni o‘rganish o‘rin olgan va bu keyingi badiiy tajribalar uchun ajoyib asos bo‘lgan. Rassom 2007-yilda IV Toshkent xalqaro biyennalesida mahalliy abstraksionizm ustalari yilnomasiga kiritilgan. Buyog‘iga esa — yanada ko‘proq.

Diyor Raziqov.Diyor Raziqov.

“Mexanizmni harakatga keltirish uchun uning qismlari birlashishi kerak, tishli g‘ildiraklar kerak. Mening ishimda ham bitta loyiha boshqasi bilan aloqada, fikrni harakatga keltiradi. O‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan loyihalar bor, yaratishga ko‘p vaqt ketadiganlari bor, lekin ularning barchasi bir-biriga bog‘langan, barchasi bir mexanizm — ijodkorlik bilan oziqlanadi”, — deya Diyor Raziqov “Gazeta.uz”ga nafaqat yangi ko‘rgazma nomi, balki o‘z badiiy qarashlarini tushuntirdi.

Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar uchun ham Raziqovning rasmlari ko‘zni qamashtiradigan va shaxsiy tasavvurlarni yaratadigan o‘ziga xos “tishli g‘ildirak” bo‘ldi. Shu ma’noda ijodkor san’atga halol. U tom ma’noda realist, hozirgi ko‘rgazma esa, albatta, bu pozitsiyani mustahkamlaydi.

Rassomning rasmlaridagi mavhumlik yo‘qlikdan tug‘ilganga o‘xshaydi. Masalan, “Lahza” loyihasida kartinadagi chiziqlar notalar yo‘lagiga aylanadi, nuqtalar goh jaranglaydigan, goh sokin tortadigan melodiya bilan yozilgandek. Yoki “Mozaika” loyihasida rang maydonni to‘ldiradi, xuddi usta oshxonada yoki hovuz atrofiga ehtiyotkorlik bilan kafel plitalarini joylashtirayotgandek.

диёр разиқов, ko‘rgazma, ўмб gaлереяси

Raziqovning “Soya yoki aks” mavzusidagi minimalizmi nafaqat ramka yoki podramkasiz ishlangan, balki maydondagi buklamalari bilan ham ajralib turadi. Bu uslub orqali u ko‘rgazma mehmonlariga san’at va hayot o‘rtasida chegara yo‘qligini namoyon qiladi.

“Material gapira boshlaydi, o‘z hissiyotlarini bildiradi, „tabassum qiladi“, „yuzini burishtiradi“. Har bir asar, insonlar kabi, o‘ziga xos ichki kechinmalarga ega”, — deb tushuntiradi rassom.

Raziqovning badiiy vositalar arsenali faqat bo‘yoqlardan iborat emas. Masalan, materialni o‘rash uchun ishlatiladigan rulonlarni qo‘lga olish kifoya, yangi installyatsiya paydo bo‘ladi. Ammo agar asar ostidagi yozuvni (“Ikki rang”) o‘qisangiz, ko‘zlaringizga ishonmang, chunki rassomning o‘z e’tirofiga ko‘ra, shunchalik berilib ketganki, rulonlarni rang-barang palitrada bo‘yab yuborgan.

диёр разиқов, ko‘rgazma, ўмб gaлереяси

Yoki xuddi shu nomdagi loyiha doirasidagi baxmal bilan rang o‘yinlari cheksiz yorug‘lik talqinlarini keltirib chiqaradi. Rassomning do‘stlari aytishicha, ayniqsa, sabrsiz mehmonlar va hamkasblar hatto fakturalangan materialda o‘z badiiy izlarini qoldirishga muvaffaq bo‘ladi. O‘zmilliybank galereyasida bo‘lib o‘tayotgan “Mexanizm” ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilar 22-fevralgacha Raziqovning mana shu mavhum olamini jonlantirishi mumkin.