3-fevral kuni Toshkent shahri Olmazor tumanidagi Riviera savdo majmuasida xodim lift toshlari qisib qolishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga Bosh prokuratura ma’lum qildi.
Soat 11:10 da binoda farrosh bo‘lib ishlovchi Sh. M. (1979 y.t.) liftning harakatlanish shaxtasidagi shisha oynalarni tozalash jarayonida lift eshiklari yopilib qolgan va lift tepaga qarab harakatlanishni boshlagan.
Shu vaqtda qurilmani harakatga keltiruvchi toshlar pastga, ya’ni Sh. M. turgan joyga qarab harakatlangan va uni qisib qolgan, tushuntirdi BP.
Aniqlanishicha, u Riviera savdo majmuasida 2020-yil avgustidan buyon ishlab kelayotgan bo‘lgan.
Holat bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.