Toshkent metropoliteni vagon parkiga yana yangi 3 ta poyezd olib kelindi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, ushbu harakat tarkiblari belgilangan yo‘riqnomaga asosan, 7−10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra xizmat ko‘rsatish uchun yo‘nalishlarga chiqariladi.

Metropoliten xabar qilishicha, 2025-yilning fevral oyi davomida yana shu turdagi 3 ta metro poyezdlari olib kelinishi rejalangan.

Metropoliten 2024-yil 31-dekabr va 2025-yil 11-yanvar kuni ham 3 tadan metro poyezdlari olib kelgan edi. Poyezdlar “Metrovagonmash” (Rossiya) zavodida ishlab chiqarilgan.