Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qildi. Qonun 21-yanvar kuni birinchi o‘qishda qabul qilingandi.

Qonun loyihasi bilan sotuvchi iste’molchiga shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda tovarni topshirmagan taqdirda, majburiyatni bajarilmagan qismiga 0,5 foiz miqdorida penya to‘lashi nazarda tutilmoqda.

Bunda penya summasi yetkazib berilmagan tovarlar bahosidan ortiq bo‘lmasligi, penyani to‘lash shartnoma majburiyatlarini buzgan sotuvchi tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, to‘liq yetkazib bermaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmasligi belgilanyapti.

Bundan tashqari, sotuvchi tovarlarni iste’molchiga topshirishning kechikishi iste’molchining aybi bilan sodir bo‘lganini isbotlasa, penya to‘lashdan ozod etilishi ko‘zda tutilmoqda.