O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov (Xalqaro shaxmat federatsiyasi reytingida 2766 ochko, jahonda 6-o‘rin) 18-yanvar — 2-fevral kunlari Veyk-an-Zeye shahrida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha Tata Steel Chess 2024 superturnirida uchinchi o‘rinni egalladi.

Turnir haqida

Veyk-an-Zeye yoki Tata Steel Chess Tournament — eng qadimgi va kuchli shaxmat turnirlaridan biri, bu yil ketma-ket 87-si bo‘ldi. U 1938-yildan beri o‘tkazib kelinmoqda va yillar davomida unda Vasiliy Smislov va Robert Fisherdan tashqari, barcha jahon chempionlari ishtirok etgan.

Mazkur turnir shaxmat bo‘yicha amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommaraju (2777, 5-o‘rin) uchun birinchi klassik turnir bo‘ldi. Challengers bo‘limida argentinalik 11 yoshli vunderkind Faustino Oro, shuningdek, o‘zbekistonlik Nodirbek Yoqubboyev (2659, 66-o‘rin) ishtirok etdi. Turnirda shuningdek, avvalgi turnirning amaldagi chempioni Vey I va 2020-yilgi g‘olib Fabiano Karuana ham ishtirok etdi.

O‘yinlar davraviy tizimida o‘tkazildi va 13 raunddan iborat bo‘ldi. Vaqt nazorati: 40 ta yurish uchun 100 daqiqa, so‘ng o‘yin oxirigacha 50 daqiqa + birinchisidan boshlab har bir yurish uchun 30 soniya.

Ishtirokchilarning to‘liq ro‘yxati:

  • Fabiano Karuana (AQSh, 2803);
  • Arjun Erigaysi (Hindiston, 2803);
  • Dommaraju Gukesh (Hindiston, 2777);
  • Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston, 2766);
  • Vey I (Xitoy, 2755);
  • Rameshbabu Praggnanandha (Hindiston, 2741);
  • Vinsent Kaymer (Germaniya, 2731);
  • Anish Giri (Niderlandiya, 2728);
  • Vladimir Fedoseyev (Sloveniya, 2724);
  • Pentala Xarikrishna (Hindiston, 2695);
  • Yorden van Forest (Niderlandiya, 2688);
  • Aleksey Sarana (Serbiya, 2672);
  • Maks Varmerdam (Niderlandiya, 2638);
  • Leon Lyuk Mendonka (Hindiston, 2641).

Yana g‘alabaga bir necha qadam yetmadi

нодирбек абдuсатторов, shaxmat, tata steel chess 20245

Nodirbek Abdusattorov 12-turga qadar mag‘lubiyatga uchramadi, keyin esa bungacha yomon o‘yin ko‘rsatib, 11 o‘yinda birorta g‘alaba qozonmagan hindistonlik Arjun Erigaysiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Rameshbabu Praggnanandha ham Aleksey Saranaga qarshi ketma-ket uchinchi o‘yinida g‘alaba qozondi va Yorden van Forestga qarshi o‘yinni durang bilan yakunlagan jahon chempioni Gukesh Dommaraju bilan birga peshqadamlikni qo‘lga kiritdi.

So‘nggi, 13-turda Gukesh va Praggnanandxa birinchi o‘rin uchun kurash olib bordi. Abdusattorov esa faqat bitta shart bajarilgandagina ularning raqobatiga aralasha olardi: u g‘alaba qozonishi, ikki hindistonlik grossmeyster esa mag‘lubiyatga uchrashi kerak edi.

Har ikki yetakchi ham mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. Arjun Erigaysi benuqson o‘yin o‘tkazdi va jahon chempioni Gukesh Dommarajuni 31 ta yurishda mag‘lub etdi, Vinsent Keymerga esa Rameshbabu Praggnanandxaga qarshi ustunligini realizatsiya qilishga yetti soat kerak bo‘ldi. Ammo o‘zbekistonlik hindistonlik Pentala Xarikrishnani mag‘lub eta olmadi, partiya durang bilan yakunlandi.

Abdusattorov, Praggnanandha va Gukesh. Foto: Mariya Yemelyanova / Chess.com.Abdusattorov, Praggnanandha va Gukesh. Foto: Mariya Yemelyanova / Chess.com.

Praggnanandha tay-breykda Gukeshga mag‘lub bo‘ldi, ammo keyingi ikki partiyada g‘alaba qozonib, turnirda birinchi o‘rinni egalladi. Amaldagi jahon chempioni ikkinchi, Abdusattorov esa uchinchi o‘rinda.

Umumiy hisobda Nodirbek 13 partiyada 8 ochko jamg‘ardi — 4 ta g‘alaba, 8 ta durang va 1 ta mag‘lubiyat.

нодирбек абдuсатторов, shaxmat, tata steel chess 20245

Oxirgi uchta turnirda Abdusattorov Veyk-an-Zeye musobaqasida uch marta peshqadamlik qilgan bo‘lsa-da, uch martasida ham finishga yaqin qoqilib, birinchi o‘rinni raqiblariga boy berdi. 2023-yilda u so‘nggi raundda Yorden van Forestga yutqazib qo‘ygan va oltin medal Anish Giriga nasib etgandi. 2024-yilda u 12-raundda Vidit Gujratiga, so‘ngra tay-breykda Vey Iga mag‘lub bo‘lgandi.

Grossmeyster Peter Leko Abdusattorovning ushbu turnirdagi omadsizligini qayd etdi:

“Men Nodirbekka hamdardman. Agar birinchi turni eslasangiz, u Praggga qarshi fantastik darajada kuchli o‘yin ko‘rsatdi, ammo g‘alaba qozona olmadi. U Gukesh va Kaymerni deyarli tamom qildi. U yana uchta partiyada g‘alaba qozonishi kerak edi”, — deya shaxmatchining so‘zlarini keltiradi Chess.com.

Bu imkoniyatlarni boy bergan Abdusattorov 12-turda Arjunga qarshi o‘yinda yana g‘alaba uchun o‘ynadi va bu safar mag‘lub bo‘ldi.

Nodirbek Yoqubboyev. Foto: Lennarta Utsa / Tata Steel Chess.Nodirbek Yoqubboyev. Foto: Lennarta Utsa / Tata Steel Chess.

Challengers bo‘limida Nodirbek Yoqubboyev olti marta, xususan, so‘nggi uch partiyada uch marta g‘alaba qozondi, to‘rt marta durang o‘ynadi va uchta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi va bu 8 ochko bilan turnirda to‘rtinchi o‘rinni egallash imkonini berdi.

Foto: City Chess / Telegram.Foto: City Chess / Telegram.