Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida Shumtol daraxtini kesganlar tabiatga 412 milliondan ortiq zarar yetkazdi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar qildi.

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi inspektorlari tomonidan Yangiyo‘l tumanida navbatdagi ekologik nazorat tadbirlari o‘tkazilgan. Tadbir davomida Yangiyo‘l tumani “Madaniyat” MFY hududida 4 tup shumtol (yasin) daraxti kesilgani aniqlandi.

”дарахт

Davlat inspektorlari tomonidan holatga aniqlik kiritilganda 1984-yili Parkent tumanida tug‘ilgan O‘.B. hamda 1967-yilda tug‘ilgan U.A. tomonidan sodir etilgani aniqlandi.

Bu orqali tabiatga 412 milliondan ortiq zarar yetkazilgani aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan to‘plangan hujjatlarga huquqiy baho berish uchun Toshkent Tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga yuborilgan.

Avvalroq Samarqandda fuqaro chinor daraxtini kesib, tabiatga 115 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlangandi.