Jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tumani sudi raisi Jahongir Yakubxo‘jayev yordamchisi Shohjahon Yaxshiboyevni kaltaklab, unga jarohat yetkazgan. Bu haqda Kun.uz xabar qildi.
Holat 2025-yilning 18-yanvar kuni sodir bo‘lgan. Sud raisi Jahongir Yakubxo‘jayev yordamchisi Shohjahon Yaxshiboyevni o‘zining xizmat xonasida kaltaklagan. Jarohat olgan yordamchi To‘raqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Tibbiy ma’lumotnomada Yaxshiboyev yuz sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi tan jarohati olgani ko‘rsatilgan.
Bosh prokurorning matbuot kotibi nashrga hodisa yuz berganini tasdiqlagan va holat yuzasidan Chust tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Sudyalar oliy kengashi esa xizmat tekshiruvi tayinlanganini ma’lum qildi. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishi ta’kidlangan.