Siyosat
Sharifbek Hasanov Chiqindilarni boshqarish agentligi direktori bo‘ldi
Sharifbek Hasanov Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi. U bunga qadar Hisob palatasi va Vazirlar Mahkamasida faoliyat yuritgan.
Foto: Kuala-Lumpurda Shavkat Mirziyovni rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi
Kuala-Lumpurdagi hukumat majmuasida Shavkat Mirziyoyevni Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi. Foto.
O‘zbekiston va Malayziya sog‘liqni saqlash, ta’lim va korrupsiyaga qarshi kurashish sohalarida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar tuzdi
O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida bojxona, oliy ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalarida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar, “aqlli” shaharlarni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma va 2025−2026-yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish rejasi imzolandi.
O‘zbekiston va Malayziya sheriklikning innovatsion rivojlantirish davri boshlanganini e’lon qildi
O‘zbekiston prezidenti va Malayziya bosh vaziri 2025−2026-yillarni o‘zaro sheriklikni innovatsion rivojlantirish davri deb e’lon qilishga kelishib oldi. Tashqi ishlar vazirlarining strategik muloqoti uchun platforma yaratiladi, imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim va sanoat kooperatsiyasi dasturi ishlab chiqiladi.
“Maqsadimiz — munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga olib chiqish” — Shavkat Mirziyoyev Malayziya bilan hamkorlik haqida
Kuala-Lumpurda O‘zbekiston rahbari va Malayziya bosh vaziri biznes forumda ishtirok etdi. Forumda transport, savdo, energetika, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlik muhokama qilindi. Shavkat Mirziyoyev maqsad munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga olib chiqish ekanini ta’kidladi.
2024-yilda 60 mingdan ortiq norasmiy tadbirkor qonuniylashtirildi
O‘zbekistonda 2024-yilda ro‘yxatdan o‘tmay ishlayotgan 60 mingdan ortiq tadbirkor faoliyati qonuniylashtirildi. 12,2 ming tadbirkorga huquqiy yordam berildi, profilaktika sababli 15,3 mlrd so‘m soliq ixtiyoriy to‘landi. Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash bo‘yicha 1625 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 800 mlrd so‘m undirildi.
Shavkat Mirziyoyev Malayziyada Petronas bosh qarorgohida bo‘ldi
O‘zbekiston prezidenti Malayziya bosh vaziri bilan birgalikda Petronas korporatsiyasining bosh qarorgohi Twin Towers binosiga tashrif buyurdi. Davlat rahbari, xususan, geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini o‘zlashtirishni ustuvor vazifa sifatida qayd etdi.
Iqtisodiyot
Toshkentdagi bozorlarda kunlik patta narxlari oshishi mumkin
Toshkentdagi bozorlarda kunlik bir martalik yig‘imlar va ijara to‘lovlari (patta) narxlari oshishi kutilmoqda. Bu borada hokimlik qarori loyihasi e’lon qildi. Savdoning qator turlaridagi patta narxini 29 foizgacha oshirish ko‘zda tutilmoqda.
SI, raqamlashtirish, “aqlli” shaharlar: O‘zbekiston va Malayziya hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
O‘zbekiston prezidentining Malayziyaga tashrifi chog‘ida ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat sohalarida hamkorlik bo‘yicha bitimlar imzolandi. Tashqi ishlar vazirining ta’kidlashicha, sun’iy intellekt, raqamlashtirish, “yashil” energetika, “aqlli” shaharlar iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘ladi.
Ulushdorlar quruvchini elektron platforma orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
O‘zbekistonda 1-iyuldan uy-joy qurilishi bo‘yicha elektron platforma ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Unda quruvchilar loyihasi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilishi kerak. Xaridor platformada quruvchining reytingi, avvalgi ishlari, muddatlarga amal qilishi va boshqa ma’lumotlarni tekshirishi mumkin bo‘ladi.
Jamiyat
Jizzaxda 23 yoshli ayolni Rossiyaga fohishalik uchun sotib yubormoqchi bo‘lgan erkakka hukm o‘qildi
Do‘stlik tumanida erkak 23 yoshli ayolni Rossiyaga fohishalik uchun sotib yubormoqchi bo‘lganida ushlandi. Sud hukmi bilan unga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
O‘zbekistondan vaqtincha chiqib ketgan pensionerlarga pensiya qanday to‘lanadi?
O‘zbekistondan chiqib 3 oydan ortiq vaqt mobaynida qaytib kelmagan fuqarolarga pensiya to‘lash vaqtincha to‘xtatib turiladi, deya bildirdi Pensiya jamg‘armasi. Fuqaro qaytib kelganida olinmay qolgan oylardagi mablag‘ning 24 oyligini olish huquqiga ega.
Samarqand noni geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi
Samarqand noni geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi. Adliya vazirligi mazkur hujjatni viloyat hokimi v.b. Adiz Boboyevga topshirdi.
Chust tumani sudi raisi o‘z yordamchisini kaltaklagani aytilmoqda
Namangan viloyati Jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tumani sudi raisi o‘z yordamchisini kaltaklaganlikda gumonlanmoqda. Voqea bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan.
O‘zbekistonda chegaradan navbatsiz o‘tish uchun Fast Track joriy etiladi
O‘zbekistondagi chegara punktlaridan navbatsiz o‘tish uchun pulli Fast Track xizmati paydo bo‘ladi. Xizmat doirasida pasport va bojxona nazorati uchun alohida yo‘lak, VIP zal va boshqa sharoitlar yaratiladi. Uning narxi BHMning 15 foizini tashkil etadi. 1-maydan u 12 ta nazorat-o‘tkazish punktida paydo bo‘ladi.
Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati 1-martdan yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda 1-martdan 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Kunduzgi parvarish xizmatiga oid faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanadi, xizmatda foydalanuvchi ota-onalarga soliq imtiyozlari beriladi.
DXX 2 kunlik “Qoradori” tadbirida 112 kg giyohvandlik vositalarini musodara qildi
O‘zbekistonda DXX va IIV tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori” keng ko‘lamli tadbirlari davomida 112 kg giyohvandlik vositalari va 8601 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi. Tadbirda 228 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka, 64 nafari esa ma’muriy javobgarlikka tortildi.
O‘zbekistonda bir yilda 600 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilindi
Bosh prokuratura departamentining 2024-yildagi tadbirlarida elektr va gazdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 1200 dan ortiq holat aniqlandi. Ularda jami 600 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Shuningdek, tamaki aylanmasi 9 foizgacha qisqarishi natijasida aksiz solig‘i tushumi 31 foizga oshdi.
Jahon
AQSh G‘azoni egallaydi, u yerda uzoq muddatli egalik pozitsiyasini ko‘ryapman — Tramp
AQSh G‘azo sektorini egallaydi va falastinliklar boshqa joyga ko‘chirilgandan so‘ng uni iqtisodiy jihatdan rivojlantiradi, dedi Tramp Isroil bosh vaziri Netanyahu bilan uchrashuvi doirasida. Prezident G‘azoga AQSh qo‘shinlari yuborilishini istisno qilmadi.
Azerbaijan Airlines layneri halokati bo‘yicha dastlabki hisobot e’lon qilindi
Qozog‘iston rasmiylari 25-dekabr kuni Aqtau yaqinida qulagan Azerbaijan Airlines layneri halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi. Komissiya samolyot korpusida ko‘plab shikastlanishlarni aniqladi, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu “tashqi obyektlar” tufayli yuzaga kelgan.
AQSh pochta xizmati 12 soatlik tanaffusdan so‘ng Xitoy va Gonkongdan pochta jo‘natmalarini qabul qilishni tikladi
AQSh pochta xizmati (USPS) Xitoy va Gonkongdan pochta jo‘natmalarini qabul qilishni to‘satdan to‘xtatib qo‘ygach, 12 soatdan so‘ng qayta tikladi. Avvalroq Donald Tramp AQShga arzon narxdagi posilkalarni soliq to‘lamasdan jo‘natish qoidasini bekor qiluvchi farmonni imzolagandi.
45 ming qurbon va 390 ming yarador: Zelenskiy Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlarini baholadi
2022-yil fevraldan buyon ukrainalik 45 100 nafar harbiy halok bo‘ldi, 390 ming nafari yaralandi, deb xabar berdi Zelenskiy. Prezident Rossiyaning yo‘qotishlariga ham to‘xtalib, taxminan 350 ming harbiy halok bo‘lganini aytdi.
Tramp AQShning BMT Inson huquqlari kengashi va UNRWA bilan aloqalarini to‘xtatdi
Donald Tramp AQShning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi va Falastin qochqinlariga yordam berish bo‘yicha Yaqin Sharq agentligi (UNRWA)dan chiqishi to‘g‘risida farmon imzoladi. U, shuningdek, BMTni “yaxshi boshqarilmayotgani” uchun tanqid qildi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!