Kuala-Lumpurdagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim Strategik sheriklik yo‘lida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladi.
Shuningdek, quyidagi hujjatlar qabul qilindi:
- Mahsulotlarning “halol” standartlariga muvofiqligini baholash sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Bojxona ishida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida bitim;
- Oliy ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Madaniyat sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Sud-ekspertlik faoliyati sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Akademik-diplomatik hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- “Aqlli” shaharlarni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- 2025−2026-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi sheriklikni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma reja.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston prezidenti va Malayziya bosh vaziri 2025−2026-yillarni o‘zaro sheriklikni innovatsion rivojlantirish davri deb e’lon qilishga kelishib olgandi. Tashqi ishlar vazirlarining strategik muloqoti uchun platforma yaratiladi, imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim va sanoat kooperatsiyasi dasturi ishlab chiqiladi.