5-fevral kuni Kuala-Lumpur shahridagi “Perdana Putra” hukumat majmuasida Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.

Davlat rahbarini Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.

O‘zbekiston prezidenti faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi. So‘ng ikki davlat yetakchilari rasmiy delegatsiyalar a’zolari va diplomatik korpus vakillarini qutladi.

Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Foto

анvaр иброҳим, куала-лумпур, малайзия, шавкат мирзиёев

Eslatib o‘tamiz, tashrif davomida ikki tomonlama muzokaralar, qo‘shma biznes forumi va boshqalar o‘tkaziladi. Ikki davlat o‘rtasida qo‘shma bayonot va qator bitimlar imzolanishi kutilmoqda.