Toshkent shahri hokimligi bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati undirib oladigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari (patta) va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish haqidagi qaror loyihasini e’lon qildi.

Hujjatda poytaxtdagi bir qancha bozorlarda savdoning qator turlaridagi patta narxini 29 foizgacha oshirish ko‘zda tutilgan.

Misol uchun, yangi narxlarning miqdori 1 o‘rin uchun 1 kunga quyidagicha o‘zgarishi mumkin:

  • Ho‘l mevalar: olma, anor, nok, shaftoli, anjir, olxo‘ri, gilos, ko‘k va qizil sulton, o‘rik, uzum, olcha, qulupnay, malina va h. k. — 18 ming so‘m (hozirgi narx 15 ming so‘m);
  • Sitrus va tropik mevalar (apelsin, mandarin, limon, banan, ananas, kivi va shunga o‘xshashlar) hamda chet eldan keltirilgan (Markaziy Osiyo davlatlaridan tashqari) boshqa ho‘l mevalar — 39 ming so‘m (32 ming so‘m);
  • Quruq mevalar: yong‘oqlar: turshak, bargak, mayiz, yong‘oq, yeryong‘oq, bodom, pistalar, sho‘rdanak va h. k. — 40 ming so‘m (33 ming so‘m);
  • Sabzavotlar: kartoshka, piyoz, karam, sabzi, sarimsoq, lavlagi, sholg‘om, bulg‘or qalampiri, baqlajon, patisson, pomidor, bodring va h.k. hamda pishirilgan jo‘xori — 11 ming so‘m (10 ming so‘m);
  • Sut mahsulotlari: sut, qatiq, qaymoq, smetana, uy pishlog‘i, suzma va h. k — 18 ming so‘m (15 ming so‘m);
  • Non mahsulotlari (obi non, shirmoy non, lochira, katta-kichik o‘lchamdagi hamda xar hil turdagi patirlar, zavod yoki sexlarda ishlab chiqarilgan qolipli non va non-bulochka mahsulotlaridan tashqari) — 11 ming so‘m (10 ming so‘m);
  • Go‘sht mahsulotlari: mol, qo‘y, cho‘chqa, parranda go‘shti, jigar, dumba va h. k. — 35 ming so‘m (42 ming so‘m);
  • Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yuk avtomashinalarida sotish — 75 ming so‘m (61 ming so‘m);
  • Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yengil avtomashinalarida sotish — 56 ming so‘m (45 ming so‘m);
  • Avtomobillar uchun ehtiyot qismlar — 22 ming so‘m (18 ming so‘m);
  • Uy-ro‘zg‘or jihoz buyumlari va kiyim-kechaklar — 12 ming so‘m (14 ming so‘m);
  • Poyabzal ta’mirlash xizmati — 14 ming so‘m (18 ming so‘m).

Boshqa savdo va xizmat ko‘rsatish turlari narxlari bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.