Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida 2025-yilning 4−6-aprel kunlari ilk bor Orol madaniyat sammiti o‘tkaziladi, deb xabar berdi loyiha tashabbuskori Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi.
Jamg‘armaning ta’kidlashicha, sammit “Orolbo‘yi mintaqasini san’at, madaniyat, dizayn va ilm-fan orqali ijtimoiy va ekologik jihatdan o‘zgartirishga qaratilgan”.
Sammit har 18 oyda bir marotaba o‘tkaziladi va Qoraqalpog‘istonning barqaror rivojlanishi uchun ekologik, ijtimoiy va madaniy yechimlarni topish uchun mahalliy va xalqaro faollar, rassom va olimlarni birlashtiradi.
Eslatib o‘tamiz, loyiha haqida birinchi marta 2023-yil mart oyida BMTning suv resurslari bo‘yicha konferensiyasida so‘zga chiqqan prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva xabar bergandi. U sammitni taqdim etarkan, “san'at, dizayn va madaniyat Orolbo‘yidagi muammolardan xabardorlikni oshirishda hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin”, — degandi u.