Nukus shahridagi xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachilar bolalarni kaltakladi. Qoraqalpog‘iston prokuraturasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

5-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlar tarqalgan videolarda tarbiyachi ovqatlanib turgan bolalardan birini poyabzal bilan boshiga bir necha marta urgani, so‘ngra uni siltab boshqa o‘rindiqqa o‘tqizgani va yana urishda davom etganini ko‘rish mumkin.

Prokuratura xabariga ko‘ra, lavhada aks etgan holat 2024-yilning noyabr oyida bog‘cha tarbiyachisi R.Sh. va yordamchi tarbiyachi D.S.lar tomonidan sodir etilgan.

Hozirda voqea yuzasidan Nukus shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.